Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi 66 October 20, 2023 https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference va axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi turli xil axborotdan samarali
foydalanishga qaratilgan axborot jamiyatining rivojlanishiga turtki bo„ladi. bu jamiyatda
ko„pchilik ishlovchilar axborot, uning oliy shakli bo„lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash,
ishlov berish va amalga oshirish bilan band bo„ladilar. Axborot jamiyatida
kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaalaridan foydalanish, ishlab
chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotga ishlov berishni avtomatlashtirishning yuqori
darajasini ta‟minlashga imkon beradi. Bu jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butut
turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o„zgaradi. Jami faoliyat mahsulotlarini ishlab chiqarish
va iste‟mol etishga yo„naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborot jamiyatida tafakkur,
bilimlar ishlab chiqariladi va iste‟mol etiladiki, bu holatlar aqliy mehnat ulushining oshishiga
olib keladi. Ushbu jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va
kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli
xil tizimlar tashkil etadi. O„quv materiallarini ishlab chiqish bo„yicha hozirda
Respublikamizda ma‟lum bir ishlar qilinmoqda. Bunga yetakchi mutaxassislar jalb qilingan
bo„lib, o„quv materiallari ta‟lim yo„nalishlari bo„yicha yaratilmoqda.
Taqdimot materiallarini tayyorlash bosqichlari Yuqoridagi chizmadan ko„rinib turibdiki, taqdimot materiallarini tayyorlashning
birinchi bosqichi tayyorlanadigan material bo„yicha g„oyaning shakllanishidir. Ya‟ni
material kimlar uchun mo„ljallangan va qanday ko„rinishda bo„lishi to„g„risida yaratuvchida
bir necha g„oyalar shakllanadi. Ikkinchi bosqichda material bo„yicha kerakli ma‟lumot
yig„iladi. Ushbu ma‟lumotlar mavzuga taaluqli va aniq maqsadga qaratilgan bo„lishi lozim.
Aks holda keraksiz va foydasiz ma‟lumotlar yig„ilishiga hamda
vaqtning behuda sarflanishiga olib keladi. Uchinchi bosqich reja tuzish
4. Matn tanlash
6. Animatsiya
tanlash
5. Dizayn tanlash
1. G’oyaning
shakllanishi
3. Reja tuzish
2. Ma’lumotlarni
yig’ish