O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI CHIRCHIQ DAVLAD PEDAGOGIKA UNVERSTITETI GUMANITAR FANLAR FAKULTETI O'ZBEK TILI VA ADABIYOT YO’NALISHI 19 /4 GURUH TALABASI SHOZATOVA KUMUSHNING O’ZBEK TILI TARIXI FANIDAN “Mustaqil o’qish uchun Atoiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur g’zallari matni ustida ishlash” mavzusidagi
MUSTAQIL ISHI
CHICHIQ-2023
Mavzu: Mustaqil o’qish uchun Atoiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur g’zallari matni ustida ishlash. Reja: Atoiy va Sakkokiy hayoti va g’azallar tahlili
Lutfiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g’zalallari
Alisher Navoiy hayoti va g’zali
Test topshiriq.
Atoyi G'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Shuningdek, devon tuzishda ham g’azal alohida mavqe kasb etgan. O’tmishda g’azal yozmagan ijodkorning devon tartib berishi mumkin bo’lmagan.
Ey orazi shams-u qamarim, netti, ne bo‘ldi?
Vey, tishlari durri guharim, netti, ne bo‘ldi?
Ko'nglum kuyarindin sanga men pand berurmen,
Ey marhami jon-u jigarim netti, ne bo‘ldi?
Sen bor ekan o'zga kishiga nazar etsam,
Chiqsun bu mening diydalarim, netti, ne bo‘ldi?
Gah javr ila o'tur meni, gah noz ila, sendin
Haqqoki mening yo'q guzarim, netti, ne bo‘ldi?
Ey lu'bati Shirin, seni Farhod mengizlik,
Olamg'a yoyildi sevarim, netti, ne bo‘ldi?
Umrumni sening qullug'ungga sarf qilibmen,
Ey o'z qulidin bexabarim, netti, ne bo‘ldi?
Bir zarra chuchuk so'zni Atoyidin ayarsen,
Ey lablari shahd-u shakarim, netti, ne bo‘ldi?
Shoir ushbu g’azalida ma’shuqa achchiq-tiziqlaridan, nozlaridan hayratga tushgan oshiq holatini ifoda etadi. U yor g’azabiga duchor bo’ldi, lekin aybi ne ekanini bilmaydi. Shu bois uni savollar qiynaydi. Oshiq o’zini gunohkor sanaydi. Ammo aybi nimadaligidan xabari yo’q. U ma’shuqa meni rashk etayotirmikan degan o’yga boradi. Lirik qahramon -chorasiz, u ishq yo’lida qurbon bo’lishga tayyor. Shu bois qay tarzda, qanday yo’l bilan o’ldirilishi uni ko’pda qiziqtirmaydi. Uning jon saqlash uchun yor qoshidan ketgisi yo’q... Oshiq oʻzini gunohkor sanaydi. Ammo aybi nimadaligidan xabari yoʻq. U maʼshuqa meni rashk etayotirmikan degan oʻyga boradi
Atoyi koʻngil nolishlari, ruh toʻlgʻonishlari, qalb iztiroblari tasvirini turkiy sheʼriyatga goʻzal va taʼsirchan yoʻsinda olib kirgan shoirdir. Unda samimiy tuygʻular yuksak sanʼatkorlik bilan koʻrsatilgani uchun ham hanuzgacha sheʼrxonlar qalbiga taʼsir etib kelmoqda.
Atoiy – lirik shoir. U o’z sherlarida nokiz hayol, sinchkov nigoh, baland did egasi ekanligini namoyon etadi. G’azal esda qoladigan o’xshatishlar, kutilmagan mubolaga’a tasvirini yaratadi. Bir gʻazalida goʻzal yor xokisor oshiqning yuziga oyoq bosar ekan, oyogʻi ogʻriydi, “yuzing buncha boʻyradek dagʻal boʻlmasa” deb nozlanadi. “Boʻyra” – qamishdan sholchaga oʻxshatib toʻqiladigan bir ashyo. U gilam tagidan toʻshaladi, tom ustiga yopiladi. Yorning oyogʻi shu qadar nozik va goʻzalki, uning oldida oshiqning yuzi boʻyraga oʻxshaydi. Ikkinchi bir sheʼrida esa, yorini sogʻingan oshiqning koʻzidan yosh emas, daryo oqayotgani, u kipriklaridan sol yasab, shu daryoda suzayotgani manzarasi chiziladi. Shoir yorini ulugʻlovchi, fidoyilikni koʻrsatuvchi betakror satrlar bitadi.
Sakkokiy- Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida yashab ijod qilgan shoirlardan biridir. Uning devoni qo’l yozma holiday saqlanib qolgan. Shoir yozgan qasidalar uning qachon yashagani haqida ma’lumot beradi. Xususan, temuriyzodalar Xalil Sulton bilan Mirzo Ulug’bekka bag’ishlagan qasidalari shoirning taxminan 14-asrning 70-80-yillarida tug’ilib, 15-asrning o’rtalarida vafot etganidan ma’lumot beradi. Alisher Navoiyning “Majolisun nafois”da yozganidan bo’lak “Xutbai davovun”da ham Sakkokiy haqida shunday ma’lumotlarini qoldirgan: “…uyg’ur iboratining fusahosidin va turk alfozining bulag’osidin Mavlono Sakkokiy va Mavlono Lutfiykim,birining shirin ab’yoti ijtihodi Turkistonda beg’oyat va birining latif g’azaliyoti intishiori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur, ham devonlari mavjud bo’lg’ay”. Alisher Navoiyning ushbu bahosi Sakkokiyning o’z zamonasida juda mashhur bo’lganini hamda she’riyatining xalq va ijod ahli orasida keng yoyilganini ko’rsatadi. Sakkokiy – adibning taxallusi. Uning nomi ma’lum emas. «Sakkokiy»ning ma’nosi «pichoqchi» demakdir. Bu adib shug’ullangan kasbga ishora. Sakkokiyning tug’ilgan va vafot etgan yillari ma’lum emas. Ammo u yozgan asarlar orasida bir necha qasidalar mavjud. Bu qasidalar aniq bir tarixiy shaxslarga bag’ishlangan. Sakkokiy – g’azalnavis shoir. Uning g’azallarida ishq, oshiqlik, hijron iztiroblari, visol lazzati, oshiq qalb kechinmalari juda ustalik bilan tasvirlanadi. Adibning Ulug’bek haqidagi qasidasi ham mashhur. Qasidada Ulug’bekning odil shoh, zakovatli inson sifatidagi qiyofasi mahorat bilan chizib berilgan. Bular Sakkokiyning o’zbek adabiyoti uchun qo’shgan munosib hissasidir.
Sakkokiy ijodi zamondoshlarimiz zavq-u ehtiromiga har doim sazovor bo’laveradi. Ayni shu xislatlari bilan u ulkan tarbiya maktabi bo’lib ham qolaveradi.
Ey gul, yuzingga huru pari bandayi joni,
Toltek bo’yung ozodi erur sarvi ravoni.
Xo’blar soni yo’q Chinu, Xitoy, Xo’tan ichra,
Yetmas sanga lekin tilagan dunyoda soniy.
Ul tishingu erningni ko’rib bir kularingda,
Bu ikki ko’zum la’lu guhar bahri-yu koni.
Yuzingni qilur toza ko’zum yoshi-yu ohim,
Gul toza bo’lur topsa vale obu havoni.
Ushshoq qonin to’kkali el*ga qilich olsang,
Kim ilgaru tutmas bo’yun – o’z bo’ynina qoni.
Oydur sening olingda bu kun bir habashiy qul,
Tonsa yuzida zohir o’lur dog’ nishoni.
On derlar emish ko’rklu kishilar namakingga,
Sakkokiy sening yuzunga boqsa ko’rar oni.