Lutfiy G'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Shuningdek, devon tuzishda ham g’azal alohida mavqe kasb etgan. O’tmishda g’azal yozmagan ijodkorning devon tartib berishi mumkin bo’lmagan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara g'azallari o'rin olgan. tavsiya qilingan.
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma.
Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.
Haqqoki qilich kelsa boshimga, eshikingdin
Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.
Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam,
Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma.
Ya’qub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.
Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla,
Yo‘qtir nazarim, xoh inon, xoh inonma.
Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi,
Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.
G‘azal tamoman turkona ruhda bitilgan. An’anaviy yetti baytdan iborat. Ishq mavzusi qalamga olingan. Biroq bu yerda zimdan ilohiy ishq ko‘zda tutilganini unutmaslik kerak. G‘azalning tili – sodda, ravon. Murakkab, falsafiy – tasavvufiy so‘z va timsollar uchramaydi hisob. Bugungi o‘quvchi uchun ham tushunarli. Yengil kayfiyat, ayricha bir ishqiy zavq bilan o‘qiladi. Hozirgacha hofizlarimiz bu g‘azalni qo‘shiq qilib kuylayotgani ham shundan bo‘lsa kerak. Bu g‘azal ham mumtoz yo‘lda, ham zamonaviy estrada usulida ashula qilingan.
Zahiriddin Muhammad Bobur G'azallari - Mumtoz she’riyatda g’azal shoirning salohiyati ko’lamini anglatuvchi asosiy janr hisoblangan. Har bir ijodkorning maqomi uning g’azalchilikdagi mahorat darajasi bilan belgilangan. Shuningdek, devon tuzishda ham g’azal alohida mavqe kasb etgan. O’tmishda g’azal yozmagan ijodkorning devon tartib berishi mumkin bo’lmagan. Mazkur to'plamdan g'azalnavis ijodkorlarimizning eng sara g'azallari o'rin olgan.
Bobur she’riyati intellektual k’alb izhori sifatida ardok’lidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chik’k’an shoirdir. Boburning ulug’ asari “Boburnoma” bo’lib, uni “Vak’oe” deb ham nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillar Markaziy va Kichik Osiyoda, YAk’in va O’rta shark’ mamlakatlarida kechgan vok’ealar bayon etilgan.
K’aro zulfing firok’inda parishon ro’zg’orim bor,
Yuzungni ishtiyok’ia ne sabru ne k’arorim bor.
Labing bag’rimni k’on k’ildi, ko’zimdin k’on ravon k’ildi,
Nechun holim yomon k’ildi, men andin bir so’rorim bor.
Jahondin menga g’am bo’lsa, ulusdin gar alam bo’lsa,
Ne g’am yuz muncha ham bo’lsa, seningdek g’amg’usorim bor.
Agar muslihmen ar musfid, va gar oshik’men ar obid,
Ne ishing bor sening zohid, meningkim ixtiyorim bor.
Fig’onim oshdi bulbuldin, g’ami yo’k’ zarra bu k’uldin,
Base Bobur, o’shal guldin ko’ngulda horhorim bor
Topmadim Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdun o’zga maxrami asror topmadim.
Jonimdek o’zga jonni dilafgor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni girifdor topmadim.
Usruk ko’ziga toki ko’ngul bo’ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana xushyor topmadim.
Nochor furk’ati bilan ho’y etmisham, netay.
Chun vasliga o’zimni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko’ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.
Bobur, o’zingni o’rgatakor, yorsizki, men
Istab jahonni, muncha k’ilib, yor topmadim
Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma narsadan baland tutdi. Vazirlik martabasida turib ham sheʼr yozishni toʻxtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga ragʻbat va hurmat bilan qaradilar. Shoh Husayn Bayqaroning oʻzi unga rahnamolik qildi. Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy devonini muxlislari tuzgan boʻlsalar, birinchi devoni — „Badoye ul-bidoya“ („Badiiylik ibtidosi“)ni 1472-1476-yillarda shohning amri va istagiga koʻra oʻzi kitob qildi. 1485-1486-yillarda ikkinchi devon — „Navodir un-nihoya“(„Nihoyasiz nodirliklar“) maydonga keldi. Alisher Navoiy 1481-1482-yillarda „Vaqfiya“ asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli ishning sarfu xarajatini taʼmin qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi. Alisher Navoiyning eng katta orzusi doston yozish, birinchi navbatda, XII asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy (1141-1209) dan keyin shoirlik qudtarining mezoniga aylanib qolgan „Xamsa“ yaratish edi. Nizomiyning „Panj ganj“ nomi bilan tarixga kirgan „Xamsa“si 5 masnaviydan tashkil topgan edi: „Maxzan ul — asror“(„Sirlar xazinas“), „Xusrav va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Hayf paykar“(„Yetti goʻzal“), „Iskandarnoma“. Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy (1253-1325) javob qildi. U oʻz dostonlarini „Matla ul-anvor“ („Nurlar boshlanishi“), „Shirin va Xusrav“, „Majnun va Layli“, „Hasht behisht“(„Sakkiz jannat“), „Oynayi Iskandariy“ (Iskandar oyinasi) deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni bilganlargina bahramand boʻldilar. Oʻz xalqining shunday hazinadan bebahra qolishi Navoiyni qiynadi.
Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonchini mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni ikki yilda tamomlaydi. 1483-yilda oʻz „Xamsa“sini yoza boshlab, 1485-yilning boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda birinchi marotaba „Xamsa“ yaratiladi. Olimu fuzalo — barcha bu hodisani zoʻr olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin Vosifiyning „Badoyeʼ ul-vaqoe“sidan: "Shoh Navoiyga: „Bir mojaro Siz bilan bizning oramizdan koʻpdan hal boʻlmay keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik“, deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki, Sulton Husayn Alisherning muridi boʻlishini koʻpdan orzu qilar va uni „pirim“ deb atar edi.
Lolagun to‘n ichra, yo Rab, ul g'azoli Chin erur,
Yo ko‘zumning mardumi, qon yosh ila rangin erur.
Bilmon oyokim shafaq ichra erur zarrin g'azol,
Lolagun to‘n ichra yoxud ul g'azoli Chin erur.
Aylamish guldasta bandi sun to‘n-u jismidin,
San’atekim arg'uvon bargi aro nasrin erur.
Qadmudur bu yo erur shingarf ila yozg'in alif,
Belmu yo toreki, la'l ichra anga taskin erur.
Ko‘nglum ichra soldi ul to‘n aks yoxud bo‘ldi qon,
Xalq ko‘nglin qon etarga, vah, bu ne oyin erur.
Bir qadah gulgun may, ey soqiy, to‘la tutkim, ko‘ngul,
Ul buti gulgunqabo bedodidin g‘amgin erur.
Ey Navoiy, qatl uchun gar xud qizil to‘n kiydi yor,
Basdur ul to‘n rangi ne muhtoji qatl-u kun erur.
Dema tog'-u lola dahr ichra — ajal qaploni bil,
Kim, kiyiklar qonidin boshtin ayog' rangin erur.
TEST TOPSHIRIQ.
1. Navoiy kimni “turkona aytur edi” deb ta’riflagan?
a) Lutfiy
b) Atoyi
c) Sakkokiy
2. . Mumtoz she’riyatimizga alohida olingan inson ruhiyati tasvirini kirita bilgan shoirimiz qaysi qatorda berilgan?
a) Lutfiy b) Atoyi c) A. Navoiy
3. Chiqish she’riyatida ko‘z nimaga tashbeh qilingan?
a) jalodning qilichiga b) kofir c) chin lashkari
4. Atoyi o‘z ijodida ko‘proq qanday tasvirlar yaratgan?
a) o‘xshatishlar, kutilmagan mubolag‘a
b) sifatlash, mubolag‘a
c) sifatlash, jonlantirish
5. Atoyi qaysi she’rida yor ma’shuqasi uchun kipriklarini supurgi, yuzini hokondoz qilishga tayyor oshiq obrazini beradi?
a) Ul sanamkim…
b) Mingiz yo rizvonmidur
c) “Begim” radifli gazalida
6. Agar oq yuzingga qora sochlaring yoyilsa,