Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakulteti Kimyo yo’nalishi



Yüklə 342,2 Kb.
səhifə12/23
tarix16.12.2023
ölçüsü342,2 Kb.
#183705
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Chirchiq davlat pedagogika universiteti

KVANT NAZARIYАSI
1900 yilda M. Plank o’zining kvant nazariyasini yaratib, unda nur energiyasi uzluksiz emas, balki ma‘lum ulushdar bilan yutiladi va chiqariladi degan g’oyani ilgari suradi.
Nurning yutiladigan eng kichik ulushi:
E = hy (1.)
bo’lib, bu miqdorgа kvant deyiladi. Yutilgan yoki chiqarilgan nur energiyasining umumiy miqdori quyidagicha bo’ladi:
E = nhy ()
Bu yerda n = 1, 2, 3...,
y – tebranish chastotasi,
h – Plank doimiysi 6,6256 · 10-34 Ж · S
(6,6256 · 10–27 erg · s) ga teng.
Kvant nazariyasining diskret tabiatiga ega bo’lgan tebranish, aylanish va shunga o’xshash boshqa davriy hodisalarga tatbiq etish mumkin.
1905 yilda A. Eynshteyn kvant nazariyasini mukammallashtirib unga quyidagicha ta‘rif berdi: nur energiyasi ma‘lum ulushlar bilan, ya‘ni kvantlar holida yutilsa yoki chiqarilsa, uning manbai bo’lgan elektr magnit maydoni, nur energiyasining o’zi ham kvantlangan (bo’laklangan) dir. Nur energiyasi, nur kvantlari yoki fotonlar to’plamidan (tutamidan) iborat. Foton go’yo nur energiyasining atomi hisoblanib, chastotasiga bog’liq va ma‘lum og’irlikka egadir. Shunday qilib, nur moddiydir.
Kvant nazariyasi nurning yutilishi va chiqarishilishi bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni izohlab berdi, lekin nurning tarqalishida sodir bo’ladigan jarayonlarni – difraktsiya, qutblanish, interferensiya singari to’lqin tabiatiga ega bo’lishi bilan izohlanadi. Kvant nazariyasidagi bu tushunmovchilikni kvant mexanika nazariyasi hal etadi.


KVANT MEXANIKA NAZARIYASI
1927 yilda elektronning ikki xil tabiatli ekanligi, ya‘ni uning zarracha va to’lqin xossalarga ega ekanligi tajribada tasdiqlanganidan keyin atomlar tuzilishi haqida to’lqin mexanikasiga asoslangan yangi nazariya – kvant mexanika nazariyasi yaratildi.
Kvant nazariyasi vodorod atomining tuzilishini birmuncha tushuntirib berdi, ammo uni ko’p atomli molekulalarga nisbatan qo’llab bo’lmaydi.
Kvant mexanika nazariyasiga ko’ra, nur dualistak (qo’sh) tabiatiga, ya‘ni ma‘lum massaga ega bo’lgan, zarracha (korpuskulyar) tabiatiga va to’lqin tabiatiga ega. Bunday tabiat faqat nur uchun xos bo’lmasdan, balki elektron, proton, neytron singari elementar zarrachalarga ham xos ekanligi aniqlangan. Bu zarrachalar oqimi kristallarga yo’naltirilsa, ular difraktsiyaga uchraydi. Shunday qilib, ularning ham korpuskulyar (moddiy), ham to’lqin tabiatiga ega bo’lishi, ya‘ni dualistik tabiatda ekanligi tasdiqlangan.
Bu nazariyani yaratgan (1924 y.) fransuz olimi De – Broyl harakatning to’lqin uzunligi ( - lyamda) bilan zarra massasi o’rtasida quyidagicha bog’lanish bor ekanligini qayd etdi:
 = h\my (3.)
bu yerda:  - Plank doimiysi,
m – massa va
y – tezlik.
SHu bilan De – Broyl kvant mexanikasining asosiy nazariyasiga asos soldi. Keyinchalik Shredinger, Geyzenberg va Dirak bu nazariyani yanada mukammal o’rgandilar. Bu nazariyaga muvofiq, har qanday mikrozarrachaning harakatini qandaydir davriy (takrorlanuvchi) jarayonga o’xshatish, u bilan bog’lash mumkin.



Yüklə 342,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin