Maydalanish. Maydalanish oddiy hujayra bo‘linishidan shu bilan farq qiladiki, bu jarayonda hujayralar faqatgina bo‘linadi, lekin o‘smaydi. Buning natijasida ularning umumiy hajmi zigota hajmidan katta bo‘lmay, ko‘p hujayralardan tashkil topgan maydalangan shar hosil bo‘ladi. Maydalanayotgan bu hujayralar blastomerlar deb ataladi (yunon. blastos – kurtak, meros – bo‘lak). Maydalanish maydalanish egatlari hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. Maydalanish egatining 4 turi tafovut qilinadi:
1) meridional egat – zigotaning meridional chizig‘idan o‘tadi;
2) ekvatorial egat zigotaning ekvator chizig‘idan o‘tadi;
3) longitudinal egat – zigotaning ekvatoriga parallel o‘tadi;
4) tangensial egat – tangensial yo‘nalishda o‘tadi.
Goloblastik yoki to‘liq maydalanish. Bunda tuxumning hammasi maydalanadi va maydalanish egati ham animal, ham vegetativ qutblardan o‘tadi. Goloblastik maydalanish o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi: a) to‘liq tekis maydalanish (7- rasm, a). Bunday maydalanish natijasida hosil bo‘layotgan blastomerlarning hammasi taxminan bir xil kattalikka ega bo‘ladi. Bunday maydalanish lansetnikning izolesital tuxumiga xosdir; b) to‘liq notekis maydalanishda (40-rasm, b) tuxum hujayraning hammasi maydalanadi.
Lekin vegetativ qutbda sariqlik moddasi ko‘p bo‘lganligi sababli bu qutbdagi maydalanish animal qutbning maydalanishidan orqada qoladi. Animal qutb blastomerlari tezroq bo‘linganligi sababli sariqlikka boy bo‘lgan vegetativ qutb blastomerlaridan maydaroq bo‘ladi. Bunday maydalanish amfibiylardagi mezolesital tuxumlarga xosdir.
Maydalanish turlari:
A–to‘liq maydalanish;
B–to‘liq notekis maydalanish;
V–qisman maydalanish.
Sut emizuvchilarda va odamda maydalanishning boshidayoq bir xil bo‘lmagan oqish va qoramtir blastomerlar hosil bo‘ladi (8-rasm, g). Maydalanish natijasida blastotsel hosil bo‘lmay, balki zich blastula yoki sterroblastula shakllanadi. Unda trofoblast deb nomlanuvchi bir qavat bo‘lib joylashgan periferik oqish blastomerlar va embrioblast deb nomlanuvchi markaziy qoramtir blastomerlar farqlanadi. Trofoblastlar pushtni oziqlantirishda, embrioblastlar esa pusht rivojlanishida ishtirok etadi.
Blastula turlari.
A) lansetnikning bir qavatli blastulasi;
B) amfibiylarnining ko‘p qavatli blastulasi;
C) skatsing disk shaklidagi blastulasi;
D) sut emizuvchilarning zich blastulasi– sterroblastula.
Sterroblastula bosqichida pusht bachadonga o‘tib, uniig shilliq qavatiga yopishadi (implantatsiya). Bachadonning shilliq qavatidan sterroblastulaga suyuqlik kiradi va hujayra elementlarini ikki tomonga suradi. Natijada sterroblastula homila pufagiga aylanadi. Uning devori bir qavat trofoblast hujayralaridan tuzilgan bo‘lib, ichida, qutblardan birida, embrioblast– homila tuguni joylashadi. Blastulaning hosil bo‘lishi bilan homila taraqqiyotining ikkinchi davri tugallanadi va 3-davr – gastrulyatsiya boshlanadi.
IV. Xulosa:
Bugungi darsimizda urug’lanish va maydalanish jarayonlari haqida haqida ma’lumotlarga ega bo’ldingiz.
Dostları ilə paylaş: |