URUG‘LANISH JARAYONIDA 2 TA FAZA FARQ QILINADI:
|
Urug‘lanishning ichki fazasi
|
Urug‘lanishning tashqi fazasi spermatozoidlarning tuxum hujayraga intilishi va tuxum hujayrada qabul qiluvchi do‘mboqchalarning hosil bo‘lishi bilan ifodalanadi. Effektiv (chaqqon) spermatozoidlarning bittasi bu do‘mboqchaga yetib borib, unga yopishib oladi. Spermatozoid tuxum hujayraga tekkan zahoti spermatozoid boshchasining akrosomasidagi gialuronidaza fermenti ta’sirida follikulyar hujayralar orasidagi va tuxum hujayra qobig‘idagi glikozaminoglikan erib ketadi. Spermatozoid boshchasi, bo‘yni va tanasi tuxum hujayraga kirib, dumi tashqarida qoladi.
Urug‘lanishning ketma-ket bosqichlarining sxematik tasviri:
A – spermatozoidning tuxum hujayrasiga yaqinlashishi;
B – spermatozodning bosh va bo‘yin qismini kirishi;
C – yadrolarning qo‘shilishi;
D - maydalanishni boshlanishi:
1–tuxum hujayra yadrosi;
2– spermatozoid yadrosi;
3– qo‘shilish burtiqchasi;
4–sentriolalar (hujayra markazi);
5–tuxum hujayra xromosomalari;
6- spermatozoid xromosomalari;
7 – ayol pronukleusi;
8 - erkak pronukleusi.
Spermatozoid tuxum hujayraga kirgach, kortikal granulalar boshqa spermatozoidlarning kirishiga to‘sqinlik qiluvchi urug‘lanish qobig‘ini hosil qiladi. Polispermiyada esa sariqlik pardasi bilan tuxum hujayra qobig‘i orasida sariqlik bo‘shlig‘i hosil bo‘lib, bu yerda sariqlik membranasidan o‘tgan spermatozoidlarning bir qismi halok bo‘ladi. Shu davrdan boshlab urug‘lanishning ichki fazasi boshlanadi va quyidagicha ta’riflanadi: hujayraning yadrosidan iborat bo‘lgan spermatozoidning boshchasi sitoplazmaga kirganidan so‘ng shishadi va tuxum hujayraning yadrosiga nisbatan 180° ga buriladi. Natijada, spermatozoidning sentrosomadan iborat bo‘lgan bo‘yni oldinda bo‘lib qoladi va tuxum hujayrasining yadrosi tomon harakatlanadi.
Sentrosoma atrofida axromatin to‘ri hosil bo‘ladi. Tuxum hujayraniig yadrosi ham shishadi va spermatozoidning yadrosi tomon harakatlanadi, ikki yadro birlashib, zigota deb ataluvchi urug‘langan tuxum hujayra hosil bo‘ladi. Shunday qilib, urug‘lanpsh jarayonida spermatozoid tuxum hujayraga ota organizmining irsiy belgilarini saqlovchi yadrodan tashqari sentrosoma va mitoxondiyalarni ham olib kiradi. Shundan so‘ng embrional taraqqiyotning ikkinchi bosqichi – maydalanish boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: |