Chirchiq davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika kafedrasi


Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish yo‘llari mazmuni o‘rganilishi



Yüklə 162,96 Kb.
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü162,96 Kb.
#168323
1   2   3   4   5   6   7
1. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim tarbiya berish yo‘llari

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish yo‘llari mazmuni o‘rganilishi

Sog‘lom bola ilk yosh davrida ehtiyojini guvranish, g‘udurlash kabi nutqning sodda ko‘rinishi, bir yoshlariga kelib esa dastlabki so‘zlar orqali qondiradi. Uning nutqi avvalo atrofidagi kattalarning nutqiga taqlid qilish asosida rivojlanadi. Bola dastlab o‘z hohish va fikrlarini aniq grammatik tizimdan mustasno bo‘lgan alohida so‘zlar yordamida ifoda etsa, 2 yoshlarga yaqin nutqi til tizimi hamda uning qonuniyatlariga asoslangan holda tarkib topa boshlaydi. U til tarkibiga oid hech qanday qonun-qoidalarni bilmasa-da, so‘zlarni hech bir xatosiz turlaydi, tuslaydi, so‘z birikmalarini tuza oladi, hatto-ki, so‘z birikmalari qonunlariga mos ravishda mutlaqo yangi so‘zlarni tuza oladi. Bola tilning murakkab tizimini eshitish yordamida o‘zlashtiradi: talaffuz malakalari – ko‘pgina so‘zlarning tovush tarkibini, ulardan foydalanishni o‘zlashtiradi, so‘zlar va gaplarning grammatik jihatdan o‘zgarib borishi va hosil bo‘lishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelayotgan ma’nolarning mazmunini tushuna boshlaydi. Nutq, dastlab ijtimoiy hodisa, muloqot vositasi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, asta-sekin atrof olamni anglash, faoliyatni rejalashtirish vositasiga aylana boradi1Bola ulg‘aygan sari murakkab bo‘lgan til birliklarini egallaydi: lug‘atni, frazeologik birikmalarni o‘zlashtiradi, so‘z tuzilishi, so‘z o‘zgarishi va so‘z birikmasi, shuningdek, turli-tuman sintaktik birliklar qonuniyatlarini egallab boradi. Tilning ushbu vositalaridan u murakkablashib borayotgan bilimlarini o‘zgalarga yetkazish, faoliyati jarayonida atrofini o‘rab turgan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi.
Nutqni tushunish, bola hali so‘zlamasdan avval sodir bo‘lib, o‘z rivojlanishida turli bosqichlar – hajmiga ko‘ra o‘sib borish va sifat jihatdan o‘zgara boruvchi jarayonlarni bosib o‘tadi. Nutqni tushunish deb ataluvchi jarayon tovush signaliga nisbatan reaksiya berish emas, balki uning ma’nosiga bo‘lgan munosabatni bildiradi. 2-3 yoshdagi bolaning faol nutqi uning tajribasidan kelib chiquvchi va muloqot doirasidagi nutqdan iborat bo‘lsa-da, nofaol nutqi nafaqat undovchi (topshiriqli) nutqni idrok etishni, balki atrof olamni idrok etish vositasi bo‘lgan hikoya-nutqni ham tushunish imkonini beradi. 2 yoshga kirgan bolaning faol lug‘at zaxirasi 250-300 so‘zni tashkil etadi. Bu davrda bolaning ma’noli nutqi ham rivojlanib boradi. U fikrlarini bir necha so‘zlardan iborat bo‘lgan sodda gap orqali yetkazishga erishadi. 3 yoshga kirgan bola faol lug‘atining tarkibi 800-1000 ta so‘zni tashkil etsa, 4 yoshga kirganida – 1500-2000 ta, 5 yoshga yetganida esa 2500-3000 ta so‘zni tashkil etadi
Nutq faqatgina atrofdagilar bilan muloqotga kirishish uchungina emas, balki, eng avvalo, o‘z ehtiyojlarini qondirish, o‘rab turgan olamni anglash, o‘z xatti-harakatlarini rejalashtirish uchun vositadir. Uni egallash voqelikni anglash usuli sanalgani bois bolaning nutqiy faoliyati, o‘zgalar bilan muloqoti va o‘z fikrlarini bildirishi uchun yetarli sharoit yaratish muhim hisoblanadi 2.
Bola tomonidan nutqning o‘zlashtirilishi o‘z tarkibiga bir necha bosqichlarni oluvchi murakkab jarayon bo‘lib, dastlabki bosqich o‘z ichiga murojaat etilgan nutqni tushunish (nofaol nutq)ni oladi. Ushbu davrning amaliy ko‘rinishi bolaning aytilgan so‘zga javoban xatti-harakatini bildiradi. Bola nutqining tarkib topishi va rivojlanish jarayoni, va, eng avvalo, tilni egallashi hamda grammatik tizimining shakllanishi, asosan, turli-tuman ko‘rinishdagi gaplarni o‘zlashtirish orqali amalga oshadi. Ushbu jarayon o‘z tarkibiga uch asosiy davrni oladi:
1) so‘z-o‘zaklardan tashkil topuvchi gaplarni o‘zlashtirish davri. Bu davr ikki bosqichdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga bir so‘zli hamda bir necha so‘zlardan iborat (asosan, ikki so‘zdan tashkil topgan) gaplarni o‘zlashtirishni mujassamlaydi;
2) so‘zlarni turlash va tuslash kabilarni o‘zlashtirish bilan ajralib turuvchi tilning morfologik tizimini o‘zlashtirish davri;
3) sintaktik kategoriyalar va ular tashqi ifodasining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan gapning grammatik tizimini o‘zlashtirish davri.
Birinchi hamda ikkinchi davr o‘rtasida keskin chegara mavjud bo‘lib, ikkinchi va uchinchisining o‘rtasida aniq chegara mavjud emas. Ushbu tashqi ko‘rsatkichlar ichki ko‘rsatkichlar bilan chambarchas bog‘liq: so‘zlarni o‘zgartirish qonuniyatlaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lmay turib, gapni to‘g‘ri tuzish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin emas. Chunki gap tuzishning asosini so‘zlarni bog‘lash emas, balki xususiy va umumiy grammatik ma’nolarning shakllarini o‘zaro bog‘lash modeli tashkil etadi.
Tilning fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlarini egallash uchun yuqori darajadagi eshitish o‘tkirligi talab qilinadi. Oddiy sharoitlarda o‘sib ulg‘ayotgan bolada eshitish yordamida atrofdagilar nutqidan asosiylarini ajratib olish ko‘nikmalarining shakllanib borishi shunga o‘xshash shaxsiy jumlalarni tuza olish malakalarining shakllanishiga asos bo‘ladi. Akustikani idrok etish nuqsoniga ega bo‘lgan bolaning nutqida tovushlarni farqlash, grammatik shakllarni kuzatib borish, taqqoslash imkoniyatidan mahrum bo‘lishidan kelib chiqqan holda agrammatizm yuzaga keladi.
Zaif eshituvchi bolalarning tallafuz malakalarini rivojlantirish yo‘llari hamda usullarini belgilash tadqiqotimizning maqsadini tashkil etar ekan, nutqning lingvistik va psixologik-pedagogik asoslarini ko‘rib chiqmay turib, ushbu muammoni hal qilib bo‘lmaydi. Ushbu yo‘nalishda ish olib borgan barcha tadqiqotchilar til va tafakkur birligi to‘g‘risidagi g‘oyaga tayanadilar. Bu g‘oya psixologiyaga oid tadqiqotlarda atroflicha ko‘rib chiqilgan. Nutqiy rivojlanishning tavsifi hamda uning o‘ziga xos jihatlari ko‘plab lingvistik, psixologik va metodik tadqiqotlarning yetakchi g‘oyasini tashkil etgan bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha, muayyan kommunikativ vazifani bajaradigan, bitta nutq ob’ekti bilan ravon hamda nisbatan tugal fikrni ifoda etgan iboralar guruhi og‘zaki ravon nutq birligi bo‘lib xizmat qiladi. Tilshunoslik nuqtai nazardan ravon nutq u yoki bu darajada muhim mustaqil qismlarga bo‘linadigan «nutq qismi» hisoblansa, psixologiya fanida so‘zlovchining fikrini, xohish-istagini bildiradigan har qanday nutq, ma’lum ma’noda, uning o‘zi uchun ravon nutq hisoblanadi. Og‘zaki ravon nutq kishilarning bir-birlari bilan muloqot qilish vositasi bo‘lgan tashqi, ohangdor va talaffuz etiladigan nutq turiga mansubdir. F.R.Qodirova va R.M.Qodirovalarning fikricha, ravon nutq kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikr bo‘lib, og‘zaki nutq «matnlari» bevosita so‘zlash jarayonida yaratiladi .
Har qanday nutqning ravonligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilar qatoriga, eng avvalo, uning qismlari o‘rtasidagi ma’noli aloqalar, so‘ngra esa, gap qismlari o‘rtasidagi mantiqiy aloqalar va, nihoyat, uchinchidan, so‘zlayotgan shaxs fikrining ifoda etilishidagi tugallanganlik kiradi.
M.I.Lisina til vositasida muloqotning eng kichik birligi sifatida miqdor va ma’no mezonini qabul qiladi hamda nutq bo‘lagi (fragmenti) sifatida bir butun nutq jarayonini tashkil qiladigan 4-5 ta to‘liq gaplar ko‘rinishidagi to‘liq matnni ajratib ko‘rsatadi. Demak, ilmiy adabiyotlarda «ravon nutq» tushunchasiga o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi hamda va boyituvchi turli-tuman ta’riflar beriladi.
Ravon og‘zaki nutqning shakllanishi hamda uning asosida nimalar mavjud bo‘lishi, uning manba va qonuniyatlari qandayligi masalasini ko‘rib o‘tishimiz lozim. Tadqiqotchilar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan gaplardan tashkil topgan situativ (vaziyatbop) nutq sekin-asta kontekstli nutqqa tomon rivojlanib borishini ko‘rsatib o‘tadilar.
L.S.Rubinshteynning ta’kidlashicha, og‘zaki nutq bu vaziyatbop va kontekstli nutqdir. Nutq dastlab vaziyatli tusga ega bo‘lib, bola ulg‘aya borgani sayin nutqning tarkibi va vazifasi o‘zgara boradi hamda ravon kontekstli nutq shaklini egallab boradi. Bolaning nutqi avval o‘ziga eng yaqin borliq bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi: u kundalik turmushda bola mavjud bo‘lgan va butunlay bog‘liq bo‘lgan vaziyat (situatsiya) dan tug‘iladi va unga to‘liq bo‘ysunadi. Shuningdek, bu nutq og‘zaki shaklga ega bo‘lib, suhbatdoshga qaratilgan bo‘lishi hamda iltimos, istak, savolni bildirishi, ya’ni vaziyatli shaklga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Bola kontekstli nutqni ta’lim jarayonida egallab boradi. Unda yangi nutq vositalariga, yangi tuzilish shakllariga ehtiyoj yuzaga keladi. Ilk bolalik paytidagi nutqda vaziyatga oid (situativ) bog‘liqlik ustunlik qilib, bolaning so‘zlab berayotgan vaziyati (situatsiyasi) suhbatdoshiga ma’lum bo‘lsagina, qanday fikr yetkazilmoqchi bo‘layotganini tushunadi. Sekin-asta nutq kontekstli bo‘lib boradi, ya’ni uni muayyan kontekstda tushunsa bo‘ladi. Ravon nutqning shakllanishi, funksiyalarining o‘zgarishi atrofdagilar bilan bo‘ladigan muloqotning mazmuni, shart-sharoitlari va shakllariga bog‘liqdir.
Ravon og‘zaki nutqning dialogdan monologga qarab rivojlanishini o‘rgangan N.I.Jinkin va M.I.Lisinalarning ta’rifiga ko‘ra, dialogik nutq birlamchi va osonroq nutq shakli bo‘lib, u situativ (vaziyatli) hamda holat, suhbat mavzusiga bog‘liq holda «qo‘llab-quvvatlanadigan» ko‘rinishga ega. Ya’ni dialog ikki yoki bir necha shaxslar tomonidan amalga oshiriluvchi nutqiy xatti-harakat bo‘lib, bu paytda suhbatdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashish jarayonida ular tomonidan imo-ishoralar, yuz ifodalari, nutq ohangidan ham foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
Monologik nutq keng fikr bildirishdan iborat bo‘lganligi sababli ilmiy adabiyotlarda «ravon nutq» deb yuritiladi. Monologik nutq suhbatdoshga uzoq muddatli va maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan kontekstli yoki kengaytirilgan nutq turi bo‘lib, og‘zaki monologda nutqni «qo‘llab-quvvatlash» hodisasi zaiflashadi: nutq qo‘yilgan savolga shunchaki oddiy javob emas, balki fikrning reja bo‘yicha kengaytirilgan bayoni bo‘lib, bu yerda so‘zlovchi nafaqat o‘zining alohida fikrini, balki nutqi, monologini butunicha dasturlaydi. Demak, monologik nutqning eng muhim xususiyati uning dasturlashtirilganidir. Monologik va dialogik nutqning rivojlanishiga oid ushbu qarashlar bolalarda ravon nutqning yuzaga kelishini tushunib yetish uchun zarur sanaladi. Shu sababli A.A.Leontevning nutqdan xatti-harakatlarni rejalashtirish va boshqarish uchun foydalanish bosqichidan avvalroq undan kommunikativ maqsadlarda foydalanish bosqichi keladi, degan fikri g‘oyat muhimdir(12)
Dialog jarayonida bolada o‘zi bildirayotgan fikrning mantig‘ini kuzatib borish kabi muhim ko‘nikma shakllanadi. Dialogik nutqqa to‘g‘ri o‘rgatish monologik nutqning yuzaga kelishi va rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. Ravon og‘zaki nutq, dialogik nutq shaklidan farqli o‘laroq, monolog tusiga ega va shu sababli avvaldan ma’lum tayyorgarlikni talab qiladi. N.I.Jinkinning aniqlashicha, o‘z fikrini og‘zaki ifoda etish uchun nutq tuzishda bolalar duch keladigan qiyinchiliklar asosan quyidagi sabablarga bog‘liq bo‘lar ekan:
1) og‘zaki nutq fikrning shu vaqtning o‘zida so‘z bilan ifodalanishini talab qilishi sababli bolalarda faol lug‘atning yetishmasligini keltirib chiqaradi. Chunki: «Og‘zaki nutqda so‘z tanlashga vaqt yo‘q. Xotirada bor tanish so‘zlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi»;
2) asosiy vazifasi «gaplarni og‘zaki tuzish paytida aytib bo‘lingan va yana talaffuz qilinishi kerak bo‘lgan so‘zlarni xotirada ushlab qolish» dan iborat bo‘lgan operativ xotiraning kuchsizligi .
N.F.Vinogradova, M.I.Lisina, A.M.Borodich, F.R.Qodirova va R.M. Qodirovalar dialogik nutq bolalar bilan suhbatlashish jarayonida, kundalik muloqot hamda maxsus tayyorlangan suhbatlar jarayonida shakllantirib borilishi lozimligini ta’kidlagan holda suhbatlarning tasnifi, ularga qo‘yiluvchi maqsadlar hamda ularni olib borish metodikasini keng yoritib berganlar
F.R.Qodirova va R.M.Qodirovalar hikoya qilishga o‘rgatishning eng samarali usul va vositasi o‘yinchoqlar bilan olib boriluvchi mashg‘ulotlar ekanligini ko‘rsatib o‘tsalar, N.F.Vinogradova bolalarning ravon nutqini atrof olam bilan tanishtirish jarayonida rivojlantirish lozimligini ta’kidlaydi.
M.R.Lvov to‘g‘ri tallafuzni rivojlantirishda syujetli rasmlar majmuasidan foydalanishning yuqori samara berishini o‘zining uzoq yillar davomida olib borgan keng tadqiqoti asosida isbotlab berdi .
O‘qitish natijasi ko‘plab sabablarga bog‘liq bo‘lib, avvalo, u bolaga nutqiy muloqotni ta’minlab beradigan ijtimoiy muhit hisoblanadi . Bola umumiy rivojlanishining saviyasi, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib keta olishi ko‘p jihatdan uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi faolligiga, shuningdek, uni o‘rab turgan insonlar tomonidan qo‘llanayotgan nutqning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq sanaladi. Shu sababli ta’lim-tarbiya jarayonida ana shunday rivojlantiruvchi muhitni o‘z vaqtida tashkil etish g‘oyat muhim sanaladi.
Bolalar to‘g‘ri tallafuzni rivojlanishi masalasiga ularning tafakkuri hamda bilishga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq holda qarash lozim. Nutq va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi muammosi psixologik va pedagogik tadqiqotlarning diqqat markazida turgan doimiy masalalardan biri sanaladi. Bu borada izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar tafakkur va nutqning amaliy faoliyat jarayonida shakllanishini ta’kidlab, til, kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi sifatida, aqliy faoliyatning alohida turi ekanligini ko‘rsatadila,tushuncha so‘zlarsiz mavjud bo‘lolmaydi, tushunchalar vositasidagi fikrlash nutqiy fikrlashdan tashqarida mavjud bo‘lolmaydi»
Nutqning yuzaga kelishi va uni anglab yetish mexanizmlari bir-biriga teng bo‘lmagan jarayon bo‘lib, bu qoidalar maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasida o‘zining to‘liq ifodasini topgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ona (rus) tilini o‘zlashtirishda nutqiy va aqliy jihatlarning o‘zaro aloqalarini o‘rgangan F.A.Soxin va A.M.Borodichlar til va nutq hodisalarini anglab yetish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligini qat’iy asoslab bergan holda, ravon nutq ona tilini o‘zlashtirishda bola erishgan barcha yutuqlar (tovush tizimi, lug‘at tarkibi, grammatik tuzilishini o‘zlashtirish)ni o‘zida qamrashi hamda bunda ravon ifodaning tuzilishi maqsadli, avvaldan rejalashtirilgan, o‘ylab qo‘yilgan bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydilar.
Til vositasida mantiqiy fikrlash birdaniga yuzaga kelmaydi. Ona tilini o‘zlashtirishning dastlabki davrlarida bola tafakkurining boshlan-g‘ich shakllarini ko‘rgazmali-amaliy va ko‘rgazmali-obrazli tafakkur turlari tashkil etib, keyinchalik ular so‘z vositasida mantiqiy tafakkur bilan o‘zaro aloqaga kirishadi. U esa asta-sekin leksik, grammatik va boshqa nutq vositalari negizida amalga oshiriladigan fikriy faoliyatning yetakchi shakliga aylanadi hamda tilning intellektual funksiyasi tomon rivojlanib boradi. Shu sababli A.A.Leontev: «Bola o‘z nutqida kattalarning nutqini shunchaki qaytarib yoki undan nusxa ko‘chirib, ya’ni til vositasida ifodalangan fikrlarni shunchaki generatsiya qilib qo‘ya qolmaydi. Bola nutqining rivojlanishi bu, eng avvalo, undagi muloqot usulining rivojlanishidir»,- deb ta’kidlaydi. A.V.Zaporojes va S.N.Seytlin ham bu borada olib borgan kuzatuvlari asosida yuqoridagi fikrlarni qo‘llab-quvvatlaydilar.Jumladan, S.N.Seytlin ushbu fikrni davom ettirgan holda: «tilni o‘zlashtirish til vositalari va me’yorlarini intuitiv tarzda anglab yetish asosida kattalar nutqi namunalariga shunchaki taqlid qilish, ularni qaytarib qo‘ya qolish bilan emas, balki, eng avvalo til umumlashmalarining rivojlantirilishi hamda til hodisalarining elementar anglab yetilishi bilan belgilanadi», - deb xulosalaydi.
To‘g‘ri tallafuz malakasini rivojlantirishrivojlantirish til va nutqning ayrim hodisalarini eng sodda shaklda bo‘lsa-da, anglab yetishni o‘z ichiga oladi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy ta’lim-tarbiyasiga nisbatan bir paytning o‘zida ham nutqni rivojlantirish, ham ona tilini o‘qitish haqida so‘z yuritish lozim.
Muassasada olib boriluvchi ta’lim jarayoni pedagog va tarbiya-lanuvchilar o‘rtasidagi nutqiy muloqotga asoslanishi sababli uning bosh tarkibiy qismi (komponenti) ni bolalar to‘g‘ri tallafuz malakasini tashkil etadi . Bola oila va bolalar bog‘chasida qadam-baqadam atrofdagilar uchun tushunarli ravishda atrofini o‘rab turgan predmet va yon-atrofida sodir bo‘layotgan, shuningdek, o‘zi ishtirok etayotgan voqea va hodislar haqida fikr hamda taassurotlarini tizimli ravishda nutqiy ta’rif orqali yetkazib borishni o‘rganib boradi. Shu bois uning umumiy tarbiyasida, xususan, nutqni rivojlantirish borasida pedagog va ota-onalarning o‘rtasida rejali ravishda olib boriluvchi hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish zarurdir .
Demak, bolalar to‘g‘ri tallafuz malakasini rivojlantirish muammosi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan izlanishlarning asosini tashkil qiladi. Ularning to‘g‘ri tallafuz malakasini rivojlantirish va o‘rgatish muammosini hal qilishga o‘ziga xos munosabat bildirgan bo‘lsalar-da, aksariyatlari to‘g‘ri tallafuz malakasini shakllantirish hamda rivojlantirishda tizimli yondashuvning, maxsus tashkil etilgan ishning zarurligini birdek ta’kidlaydilar. Ana shular asosida quyidagicha xulosalar chiqarishimiz mumkin:
- bola nutqi til hodisalarining generatsiyasi bo‘lib, kattalar nutqini idrok etish va o‘z nutqining faolligi natijasida rivojlanadi;
- til va nutq ruhiy rivojlanishning turli yo‘nalishlari (tafakkur, xotira, his-tuyg‘ular, xayolot) yadrosini tashkil etadi;
- to‘g‘ri tallafuz malakasini rivojlanishning yetakchi yo‘nalishini til umumlashmalari, til va nutq hodisalarini eng sodda tarzda anglab yetishni shakllantirish masalasi tashkil qiladi;
- bolaning tilni mustaqil kuzatish, to‘g‘ri tallafuz malakasini rivojlantirishi uchun shart-sharoitlar maxsus ravishda tashkil etiluvchi til hodisalarini anglashga yo‘naltirilgan tizim orqali ta’minlanadi

Yüklə 162,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin