O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MAXSUS PEDAGOGIKA KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARGA TA’LIM TARBIYA BERISH YO‘LLARI
Bajardi: Erboyeva Mohiniso
Pedagogika fakulteti. Maxsus
pedagogika surdopedagogika yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: Sayfullayeva I.Q.
Dehqonova M.G‘
Chirchiq 2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….4
I BOB ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARGA TA’LIM TARBIYA BERISH YO‘LLARI ILMIY ADABIYOTLARDA YORITILISHI
1.1. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish yo‘llari mazmuni o‘rganilishi………………………………………………………………………….7
1.2. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim o‘rganish tarixi…………………….15
II BOB ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARGA TA’LIM VA TARBIYA BERISH YO‘LLARI ZAMONAVIY DIDAKTIK QARASHLAR
2.1. Didaktika tushunchasi………………………………………………………..24
2.2. Ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishi………………………..26
XULOSA…………………………………………………………………………31
ILOVA……………………………………………………………………………33
TAYANCH SO‘ZLAR LUG‘ATI………………………………………………35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….37
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan borar ekan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlab, jamiyatni ma’naviy jihatdan boyitib borishni, dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvni amalga oshirmoqda. Nogironlikni oldini olish bilan bir paytda ularni ijtimoiy reabilitatsiya kilish, ularni ishlash muxitini yaxshilash va soglamlashtirish, maxsus korreksion-pedagogik ishlar olib borish orkali ular nuksonlarni korreksiyalash, ularni kasb-xunarga yunaltirish va tayyorlash kabi murakkab, ammo savobli ishni amalga oshirish xozirgi zamon talabidir. Shu o‘rinda alohida qayd etish zarurki, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, voyaga yetkazish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilyapti. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, u izchil amalga oshirilmoqda, yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qilinmoqda. Mamlakatimizda jismoniy sog‘lom, ma’naviy yetuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2022-yil 20-oktabr, PQ-407-sonli “O‘zbek imo-ishora tili va brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi.
Har qanday millatning ravnaqi bevosita o‘z farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liqdir. Bola shaxsining har tomonlama rivojida nutq katta ahamitga ega. Chunki nutq kishilararo aloqa quroli, barcha sohalarda qudratli muomala vositasidir. Nutq – insonning muloqot fikrlash va faoliyat jarayonida muhim psixik vazifani bajaradi.
Nutqni rivojlantirish til va nutqning ayrim hodisalarini eng sodda shaklda bo‘lsa-da, anglab yetishni o‘z ichiga oladi. Shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiy ta’lim-tarbiyasiga nisbatan bir paytning o‘zida ham nutqni rivojlantirish, ham ona tilini o‘qitish haqida so‘z yuritish lozim.
Inson omilining jamiyatdagi salmog‘i ko‘p jixatdan intelektual resurslarga bog‘liq. Shu bois bu borada malakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta’limning uzluksiz tizimi yaratildiki, u o‘z samarasini mutassil namoyon etmoqda.
Maktabgacha defektologiyaning eng dolzarb vazifalaridan biri yeshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash jarayonini faollashtirishdan iboratdir. Ushbu mavzu bo‘yicha O‘zbekistonda ilmiy tadqiqot ishlari o‘tkazilmaganligi, adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar kamchiligini inobatga olib, yeshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga tayyorgariligi muammosini pedagogik, psixologik tomondan o‘rganib, bunday bolalarni maktab talimiga tayyorlash qay holatda rivojlanganligini ko‘rib chiqib, o‘rganib, uni rivojlantirishning yanada samarali yo‘llarini izlab topishga jazm etdik va shu bilan mavzuning dolzarbligi belgilandi
Dostları ilə paylaş: |