Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori bilan talaba o‘rtasida Shartnoma № Chirchiq shahri 2021 yil


-bob. Rektorning huquq va majburiyatlari



Yüklə 33,03 Kb.
səhifə2/4
tarix23.06.2023
ölçüsü33,03 Kb.
#134681
1   2   3   4
Шартнома ректор ва талаба лотин 06 12 2021 2

3-bob. Rektorning huquq va majburiyatlari

12. Rektor quyidagi huquqlarga ega:


a) universitetning barcha Talabalariga ham tadbiq etiladigan ichki hujjatlarni qabul qilish;
b) Talabadan universitet Ichki tartib qoidalariga, Odob-ahloq kodeksi, universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi (siyosati), universitet xodim, talaba, o‘quvchi va doktorantlari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risidagi nizomga va ushbu mehnat shartnomasiga qat’iy rioya qilishini, universitet mol mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini talab qilish;
g) mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlardan birini bajarmagan yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” gi qarorining Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi
393-son qaroriga 3-ilovasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizomining 5-bob bandlarini buzgan taqdirda qonunchilikga muvofiq talabalar safidan chetlashtirish.
13. Rektor qonun xujjatlari va universitet lokal xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huqulariga ega.
14. Rektorning majburiyatlari:
a) Talabani mazkur shartnomada ko‘rsatilgan va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan sharoitlar bilan taminlash;
b) qonunchilik va universitetda qabul qilingan boshqa lokal hujjatlar hamda mazkur mehnat shartnomasining shartlariga qat’iy rioya qilish;
v) o‘quv jarayoni, o‘quv dasturlari, o‘quv yuklama hajmi va o‘quv mashg‘ulotlari jadvalidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida talabani o‘z vaqtida ogohlantirish;
g) mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etish hamda “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi va himoya qilinganligini ta’minlash;
15. Rektor qonunchilik, universitetning lokal hujjatlari va ushbu mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

Yüklə 33,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin