oʻquvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga moʻljallangan loyihalar.
Loyiha koʻlamiga koʻra:
bir sinf oʻquvchilariga moʻljallangan loyihalar;
maktab oʻquvchilariga moʻljallangan loyihalar;
shahar miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar;
mamlakat miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar;
dunyo miqyosida hal etilishi moʻljallangan loyihalar.
Loyiha muddatiga koʻra:
qisqa muddatli;
uzoq muddatlilarga ajratiladi.
Tadqiqot xarakteridagi loyihalar. Ushbu loyihalarning tuzilishi juda yaxshi ishlangan, jumladan, loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar uchun tadqiqot predmeti, dolzarbligi, ijtimoiy ahamiyati, foydalaniladigan metodlar, tadqiqotlar va tajribalar oʻtkazish, natijalarni rasmiylashtirish metodlari aniq boʻlishi kerak. Mazkur loyiha mantiqan toʻligʻicha ilmiy tadqiqot muammolariga yaqinlashgan va uning yechimiga mos va boʻysingan boʻlishi kerak. Loyihaning ushbu turi tadqiqot mavzusining dolzarbligi, tadqiqot muammosining predmeti va ob’ekti, vazifalarning izchil va bosqichma-bosqich aniqlanishi, muammolarni hal etish boʻyicha farazlarni ilgari surish, uni hal etishning tadqiqot oʻtkazish va tajribalar qilish yoʻllarini ishlab chiqish, olingan natija va xulosalarni muhokama qilish, rasmiylashtirish, tadqiqotni davom ettirish uchun yangi muammolar belgilanishi lozim.
Biologiya oʻqituvchisi bu toifadagi loyihalardan darsda va sinfdan tashqari mashgʻulotlarning ayrim oʻquvchilar bilan olib boriladigan mashgʻulotlarda foydalanishi mumkin.
Botanika oʻquv kursida oʻsimlik organlari oʻrganilganidan soʻng, “Oʻsimlik – yaxlit organism” mavzusidagi loyiha tavsiya etiladi.