O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TURIZM FAKULTETI
UMUKASBIY VA IXTISOSLIK FANLARI
KAFEDRASI
O’ZBEKISTON GEOGRAFIYASI FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: O’zbekiston suvlari
Bajardi: Abdurasulova Hulkaroy
Tekshirdi: SHomurodova SHahnoza
Chirchiq – 2023
REJA:
KIRISH
I BOB. O’ZBEKISTON DARYOLARINING GIDROGRAFIK TURI.
1.1.O’ZBEKISTONGA TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF.
1.2.O’ZBEKISTON DARYOLARINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI.
1.3.O’ZBEKISTONNING ASOSIY DARYOLARI VA ULARNING TO’YINISH MANBALARI.
II BOB. O’ZBEKISTON DARYOLARINING QISHLOQ XO’JAIGI RIVOJLANISHIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI.
2.1.QISHLOQ XO’JALIGINI SUV BILAN TA’MINLASHDA DARYOLARNING ROLI VA ULARDAN FOYDALANISH.
2.2.QISHLOQ XO’JALIGINI RIVOJLANISHIDA DARYO SUVLARINING TAQSIMLANISHI VA MINYERALLASHISH DARAJASI.
2.3.O’ZBEKISTON XO’JALIGIDA DARYOLARDAN FOYDALANISHDA SUVLARNI TOZA SAQLASH.
XULOSA.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
ILOVA
Kirish
Har qanday hududning tabiiy sharoiti, iqlimi, tabiiy boyliklari va yer-suv resurslari bilan o’z rivojlanish taraqqiyotini va xalq xo’jaligining bacha sohalarida yangilik va yuqori cho’qqilar pillapoyasini belgilab olmoqda. Shunday tabiiy sharoiti qulay hududlardan hisoblangan O’zbekiston O’rta Osiyoning markaziy qismida joylashgan. O’zbekiston materikning ichki qismida joylashganligi uchun uning daryolari okean va dengizlarga quyilmaydi. Binobarin, berk havzaga qaraydi. O’zbekiston xududida daryolar rel’efga qarab turlicha joylashgan, ya’ni daryo tarmoqlarining zichligi bir xil emas.
Tekislik qismida daryolarning siyrak, tog’li qismlarda esa ancha zich joylashgan. Adirlar qismida ham birmuncha zichroq.
O’zbekiston daryolaridan xalq xo’jaligining farcha tarmoqlarida foydalanilmoqda. Chunki daryolar muhim tabiiy boylik sifatida xalq xo’jaligi taraqqiyotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bugungi kunda iqlimi quruq, sug’orib dehqonchilikka asoslangan O’zbekistoninmiz uchun daryolarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati katta. Bunday daryolar qatoriga Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq, Ohangaron, Surxondaryo, Qoradaryo va Sheroboddaryolar kiradi. Bu daryolardan xalq xo’jaligida foydalanish uchun avvalo ularni toza saqlash, ifloslantirmaslik chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. O’zbekiston daryolari suvlarining ifloslanishida zavod –fabrika, communal xo’jalik, transport va sog’lomlashtirish tashkilotlaridan chiqayotgan 300-350 mln kub metr iflos oqovalar sabab bo’lmoqda. Bubday noxush xolatlarni oldini olish uchun mamlakatimizda kanalizatsiya va tozalash inshoatlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |