2.3 O’zbekiston xo’jaligida daryolardan foydalanishda suvlarni toza saqlash Daryo suvlarining har xil ximikatlar va tuzlar bilan ifloslanishida zovur drenaj suvlari salmog’i katta.
Hozir O’zbekistonda zovur drenajlarning umumiy uzunligi ming km bo’lib, ulardan yiliga 13-14 metr kub suv ifloslangan qaytarma suv vujudga kelmoqda. Ularning bir qismi sug’oriladigan yyerlardan tashqaridagi tabiiy chuqurliklarga chiqarib tashlansa, qolganqismi suv havzalariga qo’shilib uniifloslaydi.O’zbekiston daryolari suvi ifloslanishida zavod-fabrika, kommunal xo’jalik, transport va sog’lomlashtirish tashkilotlaridan chiqayotgan 300-350 mln m3 iflos oqovalar ham sababchidir. Hozircha mamlakat va viloyatlar ixtiyoridagi 42 shaharning 29 tasidagina kanalizatsiya va tozalash inshoatlari mavjud. Buning ustiga mamlakatimizning go’zal manzarali joylarida qurilgan dam olish uylari, lagyerlar va boshqa korxonalarda chiqayotgan iflos suvlar markazlashgan kanalizatsiyaga ulanmaganligi, tozalovchi inshoatlarning yo’qligi tufayli tabiiy havzalarga qo’shilib ketmoqda.O’zbekiston daryo suvlarining ifloslanishi oqibatida suvning tabiiy holati buzilib, yashil suv o’tlarining, baliqlarining kamayib ketishiga, sug’oriladigan yyerlardagi ekinlarning o’sishiga va natijasida kishilar salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda. Hatto sanoatlashgan joylardan oqib o’tadigan Chirchiq, Zarafshon kabi daryo suvlari tabiiy holda ichishga yaroqsiz bo’lib qoldi.O’zbekiston daryo suv boyliklarini bundan buyon toza saqlash uchun ekin dalalaridan chiqayotgan zovur drenaj suvlarini iloji boricha tabiiy havzalarga tashlashni man etish; zovur –drenaj suvlarini yig’ib, Amudaryo va Sirdaryoga parallel magistral zovur qazib Orolga oqizishga yerishish: qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi biologic uslubda kurashishni joriy etish: zavod-fabrika, maishiy-kommunal va boshqa korxonalardan chiqayotgan iflos-oqova suvlarini tozalab, so’ngra suv havzalariga tashlashga erishish zarur.
Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, O’zbekiston daryolari va ularning joylashuvi avvalo hududimiz re’lefi, iqlimi va inson faoliyati bilan bog’liqdir. Masalan, re’lef ichki suvlarga, shu jumladan oqim hosil bo’lish jarayoniga bevosita hamda tabiiy geografik omillar orqali bilvosita ta’sir etadi. Chunki tog’-yonbag’rlarining ko’pincha tik bo’lganligi tufayli yoqqan yomg’ir, erigan qor va muz suvlari tezda pastga tushib, soy va daryolarni hosil qiladi.
O’zbekistonning tekislik qismida yog’in juda kam bo’lganligi uchun daryolar ham kap. Shu sababli O’zbekistonning tekislik qismida transit daryolarni hisobga olmaganda doimiy oqimga ega bo’lgan daryolar yo’q hisobi.Bundan tashqari daryo suvlarining oqimi va hajmining o’zgarishiga kishilarning xo’jalik faoliyati ham ta’sir etadi. Chunki O’zbekistonning tekislik qismida unumdor, lekin qirg’oqchil yerlarning mavjudligi ularni sug’orishni taqazo etadi. Bining uchun esa daryolardan ko’plab sug’orishga suv olinadi, oqibatda esa ularning oqimiga ta’sir etib, ba’zilari na’lum havzaga yetib bormasdan, tog’dan tekislikka chiqqach qurib qoladi. Shuningdek kishilar yerlarni sug’orish uchun sersuvli daryo havzasidan kanallar qurib kam suvli daryo havzasiga uning bir qismi suvini burib yuborib daryolarning suv oqimini qayta o’zgartiradi. Bunga Zarafshon suvining bir qismi Eski Tuyatortar kanali orqali Sangzor daryosiga, Amu-Buxoro magistral kanali orqali Amudaryo suvining bir qismini Quyi Zarafshonga burib yuborilganligi yaqqol misoldir.
Shunday qilib, O’zbekiston ichki suvlari tirik organizm va ayniqsa insonlarning hayoti va xo’jaligi faoliyati uchun eng muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |