Depressiya
|
ruhiy tushkunlik, harakatning susayishidir.
|
Stupor
|
bosh miya po‘stlog‘idagi harakat bo‘limlarining susayishi.
|
Psixosteniya
|
vahimali tuyg‘ular bilan ifodalanadi.
|
Retseptorlar
|
ta’sirotni qabul qilib oluvchi a’zo, sezuvchi nerv nihoyasi, ta’sirotni qabul qilib oluvchi nerv.
|
Akkomodatsiya
|
ko‘zning uzoq va yaqindagi narsalarni ko’rishga moslashuvini anglatadi.
|
Konfergentsiya
|
yaqindagi narsalarni o‘qish vaqtida ko‘z o‘qining bir-biri bilan uchrashishi, ko‘rish o‘qining ichkari tomonga egilishini bildiradigan atama.
|
Intoksikatsiya
|
zaharli moddalarning umumiy ta’siri natijasida vujudga keladigan patologik holat, qisqacha qilib aytganda – zaharlanishdir.
|
Fokus
|
yo’rug’lik bir joyga yig’ilib, kesishadigan nuqtadir.
|
Dinamometr
|
mushaklar kuchini o’lchaydigan asbobdir.
|
Yurak aritmiyasi
|
yurak urish maromining bir tekisda ketttia-ket kelishining buzilishi yoki yurak qisqarishi tezligini o‘zgarishini bildiradigan tushuncha.
|
Moyillik
|
harakatchanlik va barqarorlik.
|
Ekstrasistoliya
|
aritmiyaning bir turi boiib, vaqtdan ilgari, ya’ni bevaqt impulslarni vujudga kelishi, yurakning qo’shimcha qisqarishlarini anglatadi.
|
Blokada
|
mushak yoki nerv to‘qimasi orqali qo‘zg‘alishni vaqtincha yoki mutlaqo o’tkazmaslikni anglatadi.
|
Gipertenziya
|
tomirlarda, g‘ovak a’zolarda va tananing bo’shliqlarida gidrostatik bosimning ortib ketishidir.
|
|