Ishemiya
|
a’zoning ayrim qismlaridagi qonsizlik hisoblanadi
|
Infarkt
|
uzoq vaqt mobaynida qon oqimini yetishmasligi oqibatida biron-bir a’zoning bir qismining halok bo‘lishiga aytiladi.
|
Tromboz
|
qon tomirlarining ichki devorida qonning shakliy zarrachalaridan tashkil topgan laxta bo‘lib, uning teshigini toraytiradi va hatto berkitib qo‘yadi, yoki boshqacha aytganda, tirik odam qon tomirlarida qattiq massa hosil bo’lishiga aytiladi.
|
Emboliya
|
odatda qonda uchramaydigan, ammo qon yoki limfa oqimi bilan tarqaladigan zarrachalar bilan qon tomirini tiqilib qolishidir.
|
Yallig‘lanish
|
kasallik chaqiruvchi qitiqlanishga bo‘lgan javobning ko‘p uchraydigan shakllaridan biridir.
|
Ekssudatsiya
|
atrofdagi to’qimalarga qonning tarkibiy qismlarining (suyuqligi, oqliklari, shaklli zarrachalari - qizil qon tanachalari ~ eritrotsitlar va oq qon tanachalari ~ leykotsitlarning sizilib chiqishini bildiradi.
|
Leykotsitlar migratsiyasi (ko’chishi)
|
leykositlarni to’qimalarga siljishi, ko’chib yurishi demakdir.
|
Proliferatsiya
|
to’qima zarrachalarining ko’payishi bo’lib, ayniqsa surunkali yallig’lanish jarayonining tarkibiy qismlaridan biri.
|
Alteratsiya
|
to‘qimani shikastlanishi va ta’sirlanishi.
|
Sitoplazma
|
hayvon va o’simlik hujayralarining protoplazmasi, yadrosidan boshqa qismi.
|
Protoplazma
|
moddaning hayot alomatlariga ega bo’lgan birdan- bir shakli hujayraning asosiy qismi, yopishqoq, shaffof, suvdan iborat dispers muhiti bor ko’p fazali kolloid tizim bo’lib, asosan oqlik, lipid – yog’lar, karbonsuv va organik tuzlardan iborat
|
Onkotik bosim
|
oqliklar hisobiga vujudga keladi.
|
|