O`sib kelayotgan organizmni to`g`ri tarbiyalash uchun bola organizmini o`sish va rivojlanish kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O`sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi, odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o`sish va rivojlanishi uning paydo bo`lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki protsess murakkab jarayon hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog`langandir.O`sish deganda tana hujayralarining ko`payishi natijasida tirik organizm o`lchamlarining ortishi, ya`ni bo`yning cho`zilishi, og`irlikning ortishi tushuniladi. Bola ma`lum yoshgacha to`xtovsiz, ammo o`sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o`sishi (bosh, oyoq, va qo`l suyaqlari, ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`i va ichki organlari) va turli yoshda har xil jadallikda bo`lishi mumkin
shunga qaramasdan barcha to`qima va hujayralarda ya`ni organlarda o`sish bir vaqtda ayollarda o`rtacha 17-18 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi.O`sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni ko`zatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda o`sayotgan organizm to`qima hujayralarining va organlarining shaqllanishi, ya`ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o`smirlik va eto`q yoshdagi odamlarga xos bo`lgan bir muncha murakkab to`qima va organlarga ega bo`lishiga aytiladi.
Rivojlanish organizmning sifat ko`rsatkichi.Odam organizmining rivojlanishi umr bo`yi davom etib, turadigan to`xtovsiz jarayondir. Bolaning rivojlanishi tuxum hujayraning otalanishidan boshlab umr oxirigacha davom etadi. Organizm jismonan, aqlan va jinsiy rivojlanadi, ya`ni, murakkablashadi. Organizm o`sish va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o`smirlik, o`spirinlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o`tadi.