Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston davlati va huquqi


Buxoro amirligi davlati va huquqi



Yüklə 83 Kb.
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü83 Kb.
#123351
1   2   3   4
Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston davlati va huquqi

Buxoro amirligi davlati va huquqi. Chor Rossiya bilan Buxoro amirligi o‘rtasida 1868 yildagi “Sulh” va 1873 yil 28 sentyabrdagi “Do‘stlik” shartnomalariga ko‘ra amirlikning davlat tuzumi o‘zgarishsiz qoldi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ichki siyosat sohasida mustaqillik berish emas, balki katta mablag‘ yoki mehnat sarflamasdan unga tegishli ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar orqali mamlakatni boshqarish edi.
Dastlab general-gubernator 1886 yilda Buxoro Rossiya imperiyasining siyosiy mahkamasi ta’sis etilgan. Siyosiy mahkamaning asosiy vazifasi “Do‘stlik” shartnomasi shartlariga amal qilishni kuzatish, qo‘shni davlatga tranzit tartibida jo‘natiladigan rus mollaridan soliq olishga yo‘l qo‘ymaslik, mahalliy ma’muriyat xodimlari shart-nomaga xilof holda boj undirilishiga yo‘l qo‘ysa egalariga qayta-rish, rus tovarlaridan qonuniy yig‘imlar undirishga yo‘l qo‘ymaslik, qarzga olingan mollarni pulini to‘lash, korxonaga mahallif ma’-murlarni aralashtirmaslik, rus fuqarolari o‘rtasida kelib chiqadigan jinoiy va fuqarolik ishlarini ko‘rib hal qilardi. Yangi Buxoro (Kogon) shahri boshlig‘i, Chorjo‘y, Termiz, qarshi shaharlarda esa harbiy boshliqlar orqali amalga oshirardi.
Umuman olganda siyosiy mahkama Buxoro amiri va uning hukumati ustidan bevosita nazoratni amalga oshirgan.
Buxoro amiri rasman davlat boshlig‘i bo‘lib, u siyosiy maxkama tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni ko‘p sonli amaldorlari orqali amalga oshirgan. Saroy xizmatchilari 2 ta udaychi-axborot beruvchi, Peterburgdagi Buxoro elchixonasiga va Turkiston general-guberna-torligiga taalluqli bo‘lgan masalalar yuzasidan amirning topshi-riqlarini bajaruvchilar, shig‘ovul-amirlarning shaxsiy ad’yutanti, mirza munshi- kotib, mirza munshif-ikkinchi darajali shaxsiy kotiblar, degonbegi – saroy kirim-chiqim va xo‘jalik ishlari boshli-g‘i, mirzaboshi-politsiya boshlig‘i, tarjimonlar va boshqalardan iborat bo‘lgan. Saroy mansabdorlari amir tomonidan vazifasiga tayinlangan va undan ozod etilgan.
Buxoro amirligi ma’muriy boshqaruv mahkamasi to‘rt markaziy boshqarmaga taqsimlangan. Bular ma’muriy ijro, moliya-soliq, din va sud ishlari, nazorat qidiruv boshqarmalari edi.

  1. Ma’muriy ijro boshqarmasiga qushbegi boshchilik qilgan. U moliya ishlariga, shu soha xizmatchilari faoliyati ustidan nazorat, Buxoro shahrining boshqarish, beklar va amaldorlarga rahbarlik qilishdan iborat bo‘lgan. Uning xuzurida maxsus devon bo‘lib, unda tarjimon, ish yurituvchi mirzolari, qushbegining birinchi va ikkin-chi yordamlari, Buxoro shahri politsiya boshlig‘i, devonbegi-xo‘jalik ishlari boshlig‘i, farroshboshi-oshxonaboshlig‘i, tupchiboshi-turma boshlig‘i, bozorlardan bozor haqqini yig‘uvchilar, aminokachilar, sav-do-sotiqni nazorat qiluvchilar, qushbegining shaxsiy xizmatchilari va 500 ta navkari bo‘lgan. Ular qushchibegi tomonidan ishga tayin-langan va o‘z vazifasidan ozod qilingan.

  2. Moliya soliq boshqarmasiga Devonbegi raxbarlik qilgan. Devonbegi soliq yig‘ish va xazinani boshqarishga rahbarlik qilgan. Bu boshqarmada mirzolar, zakotchilar ya’ni chorva mollari va boshqa mulklardan olinadigan daromadlar (1/40) dan soliq undiruvchilar, devonbegining shaxsiy xizmatchilari va 300 tagacha navkari va boshqalar xizmat qilgan. Ular devonbegi taqdimiga ko‘ra ishga tayinlangan va o‘z vazifasidan ozod qilingan.

  3. Din va sud ishlari boshqarmasiga amir tomonidan tayinlan-gan qozikalon rahbarlik qilgan. qozikalonga sud va notarial idoralar, ruhoniylar va o‘quv yurtlarini boshqarish yuklatilgan bo‘lib, unga mirzolar ish yurituvchilar, qozilar, mulla azimlar- tergov ishlari bo‘yicha qozilarning vakillari, miroxurbosh – Saroy otboqarlari boshlig‘i, mahramlar-shaxsiy xizmatchilar va boshqalar bo‘ysunardi. Bu boshqarma xizmatchilari qozi kallon tomonidan lavozimiga tayinlangan va ozod qilingan.

  4. Nazorat-qidiruv boshqarmasiga bosh rais rahbarlik qilgan. U bevosita qozikalonga bo‘ysungan. Boshqarma qonunlar bajarilishi, ahloqiy saflikni, dinni muxofaza qilish, bozorlarda torozilarni va boshqa o‘lchovlarni nazorat qilgan. Bosh rais huzurida mirzolar- ish yurituvchilar, raislar, mahramlar-shaxsiy xizmatchilardan iborat mahkama bo‘lgan. Barcha mansabdorlar bosh rais tomonidan vazifasiga tayinlangan va ozod qilingan. Bu haqida qozikalonni va amirlar xabardor qilingan.

Amirlik ma’muriy hududiy jihatdan 28 ta beklik, bekliklar esa amloqdorlarga bo‘lingan. Ularni qushbegi taqdimiga ko‘ra tayinlangan beklar va amlokdorlar boshqargan. Ular o‘z hududida soliqlarni undirish, jinoyatchilarni qidirish, tartib intizom va osoyishtalikni saqlash ishlariga rahbarlik qilgan.
Ularning xuzurida amaldorlar va xizmatchilar ham bo‘lgan.
Amlokdorlar qishloqlarga bo‘linib, ular oqsoqollar tomo-nidan boshqarilgan.
Buxoro amirligida Oliy sud hokimiyati amir ko‘lida to‘plangan bo‘lib, amir o‘lim jazosi bilan bog‘liq ishlarni, mansabdorlarni ishlarini, o‘g‘irlik, bosqinchilik bilan shug‘ullanuvchi guruh boshliq-larini, qushbegi, devonbegi, zakotchi, beklar doimiy qo‘shin boshliqlari ishlarini ko‘rgan.
Sudlov sohasida amirdan keyin qozikalon turgan qozikalon qozilarga tegishli bo‘lmagan jinoyat va fuqarolik ishlarini, amir-lik aholisi bilan Turkiston o‘lkasi aholisi o‘rtasidagi merosni taqsimlash, da’voni qondirish bilan bog‘liq ishlarni, Buxoro shahrida sodir etilgan jinoyat ishlarini ko‘rib hal qilgan. qozikalon huzurida katta mufti va 12 ta muftidan iborat devon bo‘lib, u alohida masalalar bo‘yicha shariat qonunlariga asoslanib rivoyatlar chiqarish bilan shug‘ullangan.
Mahalliy qozilar 3 turga; qozilar, bosh yoki katta qozi va qozi askarga bo‘lingan. Qozilar 500 tillodan yuqori bo‘lmagan fuqarolik ishlarini, yer meros masalalari bo‘yicha notariuslik vazifasini bajargan. Mahalliy amaldorlar tomonidan o‘tkazilayotgan tergov ish-larida o‘z vakillari yoki o‘zlari ishtirok etishgan. Mulkni qiymatini aniqlash, tekshirish o‘tkazishni mulla azimlar tomonidan tashkil qilgan.
Bosh yoki katta qozi qozilar tomonidan ko‘rilgan ishlar ustidan tushgan shikoyatni ko‘rib hal qilgan.
Qozi askar esa harbiylar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar va fuqorolik ishlari bo‘yicha davolarini ko‘rib hal qilgan.
Ruhoniy tabaqalarini ishlarini esa Shayx ul-islom ko‘rib hal qilgan.
Buxoro shahrini boshqarish mirshablarga yuklatilgan. Buxoro shaxri 2 qismga bo‘lingan bo‘lib, har birida 6 tadan mirshablik hududlari bo‘lgan, ularga o‘nboshi rahbarlik qilgan, uning xuzurida esa 100 taga shabgardi bo‘lgan. Mirshablar jamoat tartibini saqlash, osoyishtalikni ta’minlash, qamoqlarda tartib intizom o‘rnatish va mahkumlarni itoatda saqlashni amalga oshirganlar.
Beklik va amaldorliklarda bu vakolatlar yasovulboshiga yuklatilgan. Yasovulboshi huzurida 10-20 tagacha navkar xizmat qilgan.
Buxoro amirligida Rossiya protektorati davrida huquqning asosiy manbai sifatida shariat qonunlari, ko‘chmanchi aholi yashaydigan hududlarda odat huquqi normalari saqlanib qolingan.
Vujudga kelgan yangi ijtimoiy munosabatni tartibga solish uchun esa ko‘plab huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ular 1868 yil 23 iyuldagi "Sulh", 1873 yil sentyabrdagi "Do‘stlik" haqidagi shart-noma, "Buxoro xonligida vino ishlab chiqarish haqidagi qoidalar" (1893 y), "Buxoro xonligidagi oltin sanoati haqidagi qaror" (1896y) "Buxoro xonligida kuchli quvvatli ichimliklarni sotish qoidalari" (1889 y. iyun), "Buxoro xonligida kuchli quvvatli ichimliklarni sotish joylarini, ularning turlari va soni hamda yangi savdo joylarini tashkil qilish tartibini belgilash haqidagi qoidalar" va boshqalar edi.
Xiva xonligi bilan Rossiya imperiyasi o‘rtasida imzolangan "Sulx" (1873 y. avgust) shartnomasiga ko‘ra xonlik Rossiyaning vassaliga aylandi. Shartnomaga ko‘ra, xonlik va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni amalga oshirish va xalq hukumati faoliyatini nazorat qilish uchun 7 kishidan iborat Kengash tashkil etilgan. Kengash a’zolarining 4 tasi chor hukumati vakillaridan 3 tasi xivaliklardan (xon, mextar, devonbegi) dan iborat bo‘lib, uning raisi rasman xon bo‘lsada, qabul qilingan qarorlar Turkiston general-gubernatori tomonidan tasdiqlanishi belgilangan edi.
1874 yilda Amudaryo okrugini Amudaryo bo‘limiga aylantirili-shi munosabati bilan Kengashga barham berildi. Amudaryo bo‘limiga harbiy boshliq boshchilik qiladigan bo‘ldi. U Rossiya bilan Xiva xonligi o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish vakolatiga ega bo‘lgan.
1887 yildagi Nizomga ko‘ra, Amudaryo bo‘limi boshlig‘i harbiy gubernatorga bo‘ysunadigan bo‘ldi. U Amudaryo bo‘limidagi chor qo‘shinlariga rahbarlik qilardi.
Xonlikda davlat boshlig‘i rasman xon bo‘lib, u mamlaktni amaldorlariga tayangan holda boshqargan. Markaziy boshqaruv idora-lariga mansabdorlarni lavozimga tayinlash va vazifasidan ozod qilishni General-gubernatorning roziligi bilan uning yorlig‘iga ko‘ra amlga oshirgan. Xondan keyingi mansabdor Mextar bo‘lib, u davlat xazinasiga boshchilik qilgan, davlat daromad va xarajatlari-ning hisobga olishga rahbarlik qilgan. Shimoliy qism aholisini boshqargan. U bosh vazir hisoblanib, xon bo‘lmaganda mamlakatni boshqargan. Barcha mansabdorlar unga bo‘ysungan.
Ikkinchi vazir qushbegi, mansab jihatidan Mextarga teng bo‘lsada, u xon bo‘lmaganda mamlakatni boshqarish huquqiga ega emas edi. U janubiy qism o‘troq aholisini boshqargan, o‘lpon yig‘ishga rahbarlik qilgan, sug‘orish inshootlarini qazish ishlariga rahbarlik qilgan.
Uchinchi mansabdor-Devonbegi u xon kantselyariyasini boshqargan, bojxona, gumruxxona va pul zarb qilish ishlariga rahbarlik qilgan.
Har birining o‘z mahkamasi bo‘lib, unda 3-4 kishi xizmat qilgan. Xonlikda fuqarolik da’volarini ko‘ruvchi, qozikalon, qozi urdu yoki qozi askar, a’lam-shariat qonunlarini to‘g‘ri bajarilishini nazorat qiluvchi, savdo sotiq qoidalariga amal qilinishi, shaharni tozaligi va xavsizligini kuzatuvchi-rais; qamoqxonlarni nazorat qilish; xonni qo‘riqlash; mamlakatdagi tartib intizomni ta’minlash ishlariga, ko‘chmanchi aholidan tuzilgan harbiy qisimlarga boshchilik qiluvchi- yasovulboshi; suvdan foydalanish ishlari boshqarmasi boshlig‘i, diniy ishlar boshlig‘i Shayxuliislom kabi mansabdor bo‘lgan.
Xonlik ma’muriy-hududiy jihatdan 20 ta viloyat va 2 ta noiblikka bo‘lingan. Ular xonlar va noiblar tomonidan, ko‘chmanchi aholi esa inoqlar-qabila boshliqlari, otaliklar-urug‘ boshliqlari tomonidan boshqarilgan.
Xonlikda Oliy sud hokimiyati xon qo‘lida bo‘lgan.
Xondan so‘ng sudlov sohasida qozi kalonga keng vakolatlar berilgan. U o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jinoiy ish-lardan boshqa barcha ishlarini ko‘rib hal qilgan. Harbiy xizmatchi-larga taalluqli barcha ishlar qozi askar tomonidan hal qilinar edi, joylarda sud hokimiyati qozilar qo‘lida bo‘lib, ular shariat qonun-lariga binoan jinoyat va fuqorolik ishlarini ko‘rib hal qilganlar, bitimlar va qarz xaqidagi tilxatlarni tasdiqlagan, vasiyatlarning bajarilishi va meroslarning taqsimlanishini, vaqiflarni nazorat qilish, qarorlarni bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rar edi. qozilar xon tomonidan o‘z vazifasiga tayinlangan va o‘z vazifasidan ozod qilingan.
Shaharlarda shariat qoidalarini buzilishi bilan bog‘liq ishlar rais tomonidan ko‘rib hal qilinardi.
Ko‘chmanchi halqlar yashaydigan hududlarda sud hokimiyati og‘alar yoki og‘alar Kengashi tomonidan odat qoidalari asosida amalga oshirilgan.
1873 yil avgustdagi "Sulx" shariatnomasiga ko‘ra, xonlik hududida yashovchi Rossiya fuqarolari tomonidan sodir qilingan jinoyatlar, ular o‘rtasidagi jinoyatlar Xiva fuqarolarining ruslarga nisbatan da’volari rus sudlari tomonidan imperiya qonunlari bo‘yicha ko‘rib hal qilingan.
Shaharlarda tartib intizomni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, qamoq joylardagi maxbuslarni nazorat qilish mirshablarga yuklatilgan. Ularga yasovulboshi rahbarlik qilgan.

Yüklə 83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin