Cisco packet tracer


Yuqori sinf marshrutizatorlari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix13.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#175322
1   2   3   4   5   6
102-106

Yuqori sinf marshrutizatorlari
– magistral marshrutizatorlar deb ataladi (backbone 
routers). Bu xildagi marshrutizatorlarning unumdorligi eng yuqori bo’ladi. Ular yordamida 
korxonalarning magistral tarmoqlari yoki biron bir xududning global tarmog’i magistrali hosil 
qilinishi mumkin. Magistral marshrutizatorlar yordamida sekundiga bir necha 100 ming, xatto bir 
necha millionlab paketlarni ishlash amalga oshiriladi.
O’rta sinf marshrutizatorlari
- deganda mintaqaviy bo„limlar uchun mo„ljallangan 
marshrutizatorlar tushuniladi. Ular yordamida mintaqaviy bo’limlarni, markaziy ya‟ni, magistral 
tarmoq bilan bog’lash amalga oshiriladi. Ushbu marshrutizatorlar, yuqori sinf 
marshrutizatorlarining nisbatan soddalashtirilgan variantlari hisoblanadi.
Quyi sinf marshrutizatorlari
– uzoq masofalarda joylashgan offislar uchun 
mo„ljallangan marshrutizatorlardir. Ular yordamida uncha katta bo’lmagan ofislarni korxona 
tarmog’i bilan ulash amalga oshiriladi. Bunday marshrutizatorlar uncha katta tezlikka ega 
bo’lmagan kanallar orqali ishlash uchun mo’ljallangan, jumladan ularda telefon tarmoqlari orqali 
ulanish portlari ham mavjud bo’ladi. 
 


MUXANDISLIK VA ENERGETIKANING DOLZARB MUAMMOLARI, INNOVATSION YECHIMLAR 
A.Polvonov (2023). Yosh olimlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning onlayn ilmiy forumi. 
CISCO PACKET TRACER 
uskunalar va aloqa kabellari,
102-106. TATUFF-EPAI.
103 
 
Kommutatorlar (switchs) 
 
Kommutatorlar OSI modelining havola qatlamida ishlaydigan qurilmalar bo'lib, bir yoki 
bir nechta tarmoq segmentlarida bir nechta tugunlarni birlashtirish uchun mo'ljallangan. 
Kommutator paketlarni ichki jadval - kommutatsiya jadvali asosida uzatadi, shuning uchun trafik 
faqat u mo'ljallangan MAC manziliga boradi va barcha portlarda takrorlanmaydi (hubda bo'lgani 
kabi). 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin