Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
108 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
ijodkorlar ijod namunalaridan adabiyot, tarix fani o‘qituvchilari o‘rinli foydalana 
olishadi, albatta.
Quyida foydalanish uchun hikmatlar namunalaridan keltirmoqchiman. 
Yusuf Hos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida aqliy, ahloqiy, mehnat, 
jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U 
insonni ulug‘laydi. Uning fikricha, insonning ulug‘ligi aql-idroki, so‘zlash 
qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. 
Adib o‘quv va bilimni farqlaydi: o‘quv tug‘ma ravishda inson ruhiyatida 
mavjuddir, bilim esa o‘qish-o‘rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning 
har ikkisi o‘zaro birlashsa, insonning qadri ortadi: 
Zakovat qayerda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘ladi, 
Bilim kimda bo‘lsa, buyuklik oladi. 
Zakovatli uqadi, bilimli biladi, 
Bilimli, zakovatli tilakka etadi. 
Yusuf Hos Hojib ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liq holda bo‘lishini tavsiya 
etadi, o‘g‘il bolalarning bir necha san’at turlarini va hunarlarni tugal o‘rganmog‘i 
lozimligini ta’kidlaydi, bu-ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun 
zarurligini aytadi. 
Alloma farzandlarga turli bilim va hunarlar o‘rgatilmog‘i kerakligini aytib, 
ularni go‘zal ahloqli qilib, voyaga etkazishni ota-onalarga maslahat beradi: Hudo 
kimga zakovat, aql, bilim bersa, U barcha orzularga qo‘l uzatadi. 
Kimning hulqi yahshi, fe’l-atvori to‘g‘ri bo‘lsa, U tilagini topadi, kun va oy 
unga boqadi. 
Kitob o‘qish, aql va tarbiya masalalariga oid hikmatlarni o‘quvchilarimizga 
ko‘proq aytishimiz joyizki, quloqlari shunaqa tarbiyaviy ahamiyatli gaplarga 
o‘rgansin. Bu hikmatlarni o‘quvchilarga tahlil qildirsak esa o‘z fikrlari kabi ongida 
muhrlanadi deb o‘ylayman.
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay. 
Imom al-Buxoriy 
*** 
Ilmga nisbatan go‘yo cho‘pon kabi posbon bo‘linglar, lekin ilmni faqat 
rivoyat qiluvchi bo‘lmanglar. 
Hadis 
*** 
Agar yolg‘iz esang, hamdam kitobdur, 
Bilim subhidagi nur ham kitobdir. 
*** 
Kim hunarni desa, u dono bo‘lur, nodonlar qudrat deb boylikni bilur. 
Abdurahmon Jomiy 
*** 
Kimki o‘rganishni uyat, or demas,
Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos. 
Nizomiy Ganjaviy 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin