MAY 2023 ISSN: 2181-3558 110
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH Oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-xushi va kasb-
hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir.
Majid Xavofiy
Aflotundan so‘radilar: o‘qish-o‘rganish tokaygacha izzat va hurmatda
bo‘lg‘usi? U javob qiladi: johillik nuqson deb hisoblangunga qadar.
Jaloliddin Davoniy
***
Insonning qimmati emas siymu zar.
Insonning qimmati ilm ham hunar.
Bedil
***
Maktab – dunyo imoratlarining eng muqaddasi va qadrlisidir. Maktabning
chin va haqiqiy ma’nosini bilgan millatlar jonlari, mollari bilan himmat va
g‘ayratlarini sarf etib, millatning taraqqiyi rivojiga ijtixod qilurlar.
***
Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va
fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur.
***
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Hayot yo‘lida birinchi masala – maktab masalasidir.
Abdurauf Fitrat
***
Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan,
muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadur.
***
Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-iridan
ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir.
Abdulla Avloniy
***
Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlikdir.
Abdulla Qodiriy
***
Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to‘plab avlodlarga etkazadi.
Oybek
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, badiiy asarlarni o‘qish inson uchun
ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda yosh avlodga ta’lim-tarbiya
berishda o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lishimiz, ularning kitob o‘qish madaniyatini
shakllantirishimiz, ibratli hikmatlar orqali o‘quvchi ongiga ta’sir eta olishimiz
lozim. Har bir dars ma’naviyat daqiqasida 5-10daqiqalik ezgulikka chorlovchi,
hayotbaxsh hikmatlar orqali o‘quvchi qalbiga yo‘l topib, shijoatli va maqsadga
intiluvchanlik
ruhini
singdirish
biz-pedagoglarning
oldimizdagi
asosiy
vazifalarimizdan
biri
deb
o‘ylayman.
Ushbu
maqolamizni
o‘qigan