MAY 2023 ISSN: 2181-3558 109
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH ***
Men olimlarga, ilohiyotchilarga, faylasuflarga va tarixchilarga hurmat –
ehtirom ko‘rsatdim. Men ularni hurmat qildim va e’zozladim.
***
Bir kunlik adolat – yuz kunlik toat – ibodatdan afzal.
Amir Temur
***
Ishga yarab qolsa ilming bir muddat,
Yana oshirmoqqa aylagil shiddat
Mirzo Ulug‘bek
***
Madaniy jamiyat shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har
bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo‘ladi, har Kim o‘zi istagan
yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod
bo‘ladilar.
***
Bilim, ma’rifat yaxshi axloq bilan bezanmog‘i lozim.
Abu Nasr Forobiy
***
Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o‘rnini egallab boradigan avlodlar
zinadan zinagagina ko‘tariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod o‘zidan
keyin kelayotgan, o‘zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi
avlodga etkazib beradi.
Abu Rayxon Beruniy
***
Harakat zaif bo‘lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir. Harakatsiz bilim – ipsiz
kamon o‘qidir.
***
Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur.
Az-Zamaxshariy
***
Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik – zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya
hayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoe ketkazma.
Alisher Navoiy
***
Yomonlik – butun nuqsonlar majmuidir. Dunyoning ishlari siyosatsiz tartibga
tushmaydi. Agar ta’lim tarbiya va jazo to‘g‘risida qonun-qoida bo‘lmasa,
mamlakat ishlari buziladi.
Husayn Voiz Koshifiy.
***
Ilm namoyondalariga baxillik qilma, zero ilm xazinadirki, undan qancha
foydalansang ham boylikdan farkli o‘laroq, baribir ko‘payib boraveradi.
***