MAY 2023 ISSN: 2181-3558 58
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH mumkin. «Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi»,
«Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p bo’ladi va men ular bilan mazza qilib o‘ynayman»,
«Maktabda uxlatishmaydi». Bunday motivlarni bolalarga odatda ota-onalar
singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz bolalarni juda qiziqtiradi,
lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy sabab bo’la olmaydi. Ota-
onalar, pedagog, tarbiyachilar tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish motivlarining
singdirilishi maktabda muvafaqqiyatli o‘qish omili bo’lib xizmat qila oladi. «Men
otamga o‘xshagan bo’lishim uchun o‘qishim kerak», «Yozishni juda yaxshi
ko‘raman», «O‘qishni o‘rganaman», «Maktabda qiyin misollarni yechishni
o‘rganaman» — bunday motivlar to‘g‘ri motivatsion tayyorgarlikka misol bo’la
oladi.[1-273 b]
Motivatsiya nima? Bu nimaga bog'liq? Nima uchun bir bola quvonch bilan,
ikkinchisi esa befarqlik bilan o'rganadi?
Motiv -ma'lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq faoliyatga undovchi sabab.
Motivatsiya keng ma'noda inson hayotining (uning xulq-atvori, faoliyatining)
murakkab ko’p qirrali boshqaruvchisi deb qaraladi. Motivatsiya - insonni
faoliyatga undashning murakkab, ko’p darajali tizimi bo’lib, u o’zida ehtiyojlarni,
motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni,
normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.[2-274 b]
Har qanday sohada faoliyatni amalga oshirish, muayyan maqsadlarga
erishishning asosiy shartlaridan biri bu motivatsiyadir. Motivatsiyaning zamirida
esa, psixologlar aytganidek, shaxsning ehtiyojlari va manfaatlari yotadi. Shuning
uchun maktab o'quvchilarining o'qishlarida yaxshi muvaffaqiyatga erishish uchun
o'rganishni kerakli jarayonga aylantirish kerak.
Ko'pgina tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, maktab o'quvchilarida to'liq ta'lim
motivatsiyasini shakllantirish uchun maqsadli ishlarni amalga oshirish kerak.
Motivatsiya turlari:
1. O`quv faoliyatidan tashqari motivatsiya
• “Salbiy” – o‘quvchining o‘qimagan taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
noqulaylik va muammolardan xabardorligidan kelib chiqadigan motivlari.
• Ikki shaklda ijobiy:
- ijtimoiy intilishlar (vatan, qarindoshlar oldidagi fuqarolik burchini his qilish)
bilan belgilanadi.
-tor shaxsiy motivlar bilan belgilanadi: boshqalarning roziligi, shaxsiy
farovonlik yo'li va boshqalar.
2. O'quv faoliyatining o'zi asosidagi motivatsiya
• O‘qish maqsadlari bilan bevosita bog‘liq (qiziqishni qondirish, ma’lum
bilimlarni egallash, dunyoqarashini kengaytirish)
• O‘quv faoliyati jarayonining o‘ziga xos (to‘siqlarni yengish, intellektual
faoliyat, o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish)
O`quvchining o'quv faoliyatining motivatsion asosi quyidagi elementlardan
iborat:
• o'quv holatiga e'tibor qarating