MAY 2023 ISSN: 2181-3558 55
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH fuqarolik kompetensiyalari, milliy va umummadaniy kompetensiya, matematik
savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish
kompetensiyalari belgilangan. Bugungi kunda barcha fanlar bo‘yicha Davlat ta’lim
standartlarida kompetensiyaning turlari aks ettirilgan va xususiy fanga oid
kompetensiyalar ishlab chiqilgan. Davlat ta’lim standartlarida, xususan, chet
tillarni o‘qitish bo‘yicha quyidagi kompetensiyalar belgilangan:
Lingvistik kompetensiya ya’ni bunda til materiali (fonetika, leksika,
grammatika) haqida bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglab-tushunish, gapirish,
o‘qish va yozish) bo‘yicha ko‘nikmalarni egallash nazarda tutiladi. Sotsiolingvistik
kompetensiya so‘zlovchining biror-bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va
xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash
imkonini yaratadigan kompetensiya hisoblanadi. O‘rganilayotgan chet tilda
kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, uzr
so‘rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliyatini
nazarda tutadigan kompetensiya bu pragmatik kompetensiyadir.
Kompetentlilik yondashuvining shakllanishi ta’limni taraqqiy ettirish talabi,
zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga moslashish yo‘llarini qidirish bilan bog‘liq
hisoblanadi. Kompetentlilik yondashuvi shaxsda bilimlardan tashqari amaliy
vazifalarni hal etish qobiliyatini shakllantirishga intilishini ham aks ettiradi. Kasbiy
faoliyat mazmunining o‘zgarishi, yangi texnologiyalarni qo‘llash, o‘zgacha
miqyosdagi tayyorgarlikni, umumta’lim asosi maktabdanoq shakllantiriluvchi
kasbiy tayyorgarlikni taqozo etadi.
Yuqorida keltirib o‘tilgan ushbu kompetensiyalar talabalarning chet tilidagi
kommunikativ komptensiyalarini shakllanishga olib kelishi ko‘zda tutiladi. Bundan
ko‘rinib turibdiki, kommunikativ kompetensiya ham tayanch kompetensiyalar
asosida turadigan ham xususiy kompetensiyalar jamuljamidan kelib chiqadigan,
kompetentlikni ta’minlab berishga xizmat qiladigan asosiy kompetensiyadir. O‘z
navbatida kommunikativ kompetentlilik, lingvistik, sotsiolingvistik, diskursiv,
strategik, ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy kompetensiyalarni kabi kompetensiyalarni
o‘z ichiga oladi.