Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
53 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
Tilning grammatikga oid bilimlari deyilganda esa biz tilshunoslik fanining 
bo‘limlari: fonetika – tovushlar, leksikalogiya - so‘zlarning lug‘aviy boyligi, 
so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya - so‘z shaklari, sintaksis - so‘z 
tuzilishi va qurilishi, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid 
tushunchalarni egallashi tushuniladi.
Mazkur kompetensiyani rivojlantirish mazmuni o‘quvchilarda fikr va 
mulohazalarini o‘z ona tilida erkin, aniq, qisqa, ravon va tushunarli tarzda bayon 
eta olishiga, o‘z nutqida adabiy til normalariga rioya qilgan holda so‘zlash, imlo va 
uslubiy xatolarsiz fikr almashishga yordam beradi. Umumta’lim maktablarida 
mazkur kompetensiyalarga ega o‘quvchini tarbiyalash “Ona tili” fanining 
zimmasidadir. Biroq amaldagi darsliklarimiz lingvistik bilimdon o‘quvchini qay 
darajada tarbiyalamoqda?!
Olima 
G.Yusupovaning 
“Bo‘lajak 
pedagoglarning 
lingvistik 
kompetensiyalarini shakllantirishda aralash ta’limdan foydalanish metodikasi” 
nomli tadqiqoti natijasida bo‘lajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini 
shakllantirishda aralash ta’limdan foydalanishning tanishuv, ijodiy qism, baholash 
bosqichlari, o‘zbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida baholash 
texnologiyalari aniqlashtirilganligini ko‘rishimiz mumkin .
Bolalar adabiyoti orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik 
kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini yaratish maqsadini amalga oshirish 
uchun bir qator vazifalar ishlab chiqildi. Mazkur vazifalar quyidagilar etib 
belgilandi:
- ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini 
shakllantirish yuzasidan pedagogik va metodik imkoniyatlarni tahlil qilish;

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini 
shakllantirishning 
didaktik 
komponentlarini 
yaratish, 
mavjudlarini 
takomillashtirish;
- ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida lingvistik 
kompetensiyalarni shakllantirishdagi didaktik jihatlarini belgilash;

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini 
shakllantirishning ilmiy-metodik taminotini takomillashtirish;
- “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligini tahlil qilish va darslik 
mavzularini mustahkamlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha metodik adabiyotlar 
ishlab chiqish.
Mazkur vazifalarning amaldagi holati boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 
o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun 
xizmat qilsa, o‘quvchilar uchun esa maktabda olgan bilimlarini mustahkamlashga 
yordam beradi. Mazkur tadqiqot natijalari ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir etadi.
Madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi haqida gapirar ekanmiz avvalo, 
kompetensiya so‘zining tom ma’nosiga e’tibor qaratishimiz lozim. Shunday ekan 
“Kompetensiya” tushunchasi lotincha “competere” – 
mos kelmoq 
so‘zidan olingan 
bo‘lib, “o‘z kasbiga yaroqli, loyiq”degan ma’noni anglatadi.[1] Bundan tashqari 
ushbu so‘z keng ma’noda umumiy yoki muayyan keng qamrovli masalalarni 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin