MAY 2023 ISSN: 2181-3558 52
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH TILSHUNOSLIK FANLARINI O’QITISH ASOSIDA QORAQALPOQ MAKTAB O’QUVCHILARINING LINGIVISTIK KOMPETENCIYALARINI METODIK RIVOJLANTIRISH. Abdurazakova Shaydagul Ajiniyoz nomidagi NDPI stajor- tadqiqotchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bolalar
adabiyoti orqali til kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari
keltirilgan. Maqolaning saviyasi shu mavzuda xorijlik va mahalliy olimlarning
tadqiqot ishlari ham yoritilgani bilan belgilanadi.
Аннотация . В данной статье представлены научно-теоретические
основы формирования языковых компетенций у учащихся начальных
классов посредством детской литературы. Уровень статьи определяется тем,
что освещаются исследовательские работы зарубежных и отечественных
ученых по данной теме.
Abstract. This article presents the scientific-theoretical foundations of the
formation of language competences in primary school students through children's
literature. The level of the article is determined by the fact that the research works
of foreign and local scientists on this topic are covered.
Kalit so‘zlar : til, tilshunoslik, lingvistik kompetensiya
Ключевые слова: язык, лингвистика, языковая компетенция.
Key words: language, linguistics, linguistic competence
Respublikamiz umumta’lim maktablarida ona tilini o‘qitishda o‘quvchilarning
nutqini o‘stirish, lug‘at ustida ishlash, ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlashlariga
zamin yaratish va darslarni integrativ yondashuvlar asosida tashkil etish borasidagi
muammolar bir qator olimlarimiz tomonidan tadqiq etilgan.
Bugun kunda ta’lim sohasida kompetensiya, kompetentlilik kabi tushunchalar
muomalada juda keng foydalanilmoqda. Bu so‘zning asl ma’no-mazmuni
nimalardan iborat?
Kompetensiya (“competence”, “to compete” so‘zidan kelib chiqib) so‘zi
o‘zida “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” ma’nolarini
ifodalaydi. So‘zma-so‘z tarjima qilganda “musobaqalashishga layoqatlilik”
ma’nosida ifodalanadi. Atamaning mohiyati shundan iboratki, “samaradorlik”,
“moslashuvchanlik”, “yutuqlilik”, “uquvlilik”, “muvaffaqiyatlilik, “natijalilik”,
“tushunuvchanlik”, “xususiyat”, “sifat”, “miqdor” kabi tushunchalar bilan
tasniflanadi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, lingvistik kompetensiya
o‘quvchilarda tilning grammatikaga oid bilimlarini rivojlantirish va o‘zbek tilining
keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda o‘quvchilar o‘z fikrlarini to‘g‘ri,
izchil, ravon va ma’noli, shu bilan birga tinglovchiga tushunarli tarzda bayon
etishini shakllantirishdan iborat.