Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
95 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
ko’rishimiz va ular orqali o’zlashish jarayonida ro’y beradigan tafovvudlarni 
yaqqol kuzatishimiz mumkin: 
1) Biror ma’lumot, buyruq, xabar va h.k.ni yaqin yoki uzoq masofaga 
yetkazish, kishilarni o’ziga qaratish, ogohlantirish, tartibga chaqirish uchun 
qo’llaniladigan shartli belgi, ishora, tovush va h.k.: 
Shofyorning “Yo’l ochinglar” 
ma’nosida berayotgan signali befoyda edi.
2) (ko’chma) biror hodisaning oldini oluvchi, u haqda ogohlantiruvchi, 
ta’kidlovchi xabar yoki belgi, ishora: 
Shundan buyon ikki oy o’tdi, hali ham 
matbuot signaliga javob yo’q (“Mushtum”). 
3) Signal variant- kitobning nashr etilishidan oldin uning kamchiliklarini 
ko’zdan kechirish maqsadida muallifga taqdim etiladigan nusxasi: 
Yozuvchi kecha 
o’z kitobining signal variantini ko’zdan kechirib, mavjud kamchiliklarni bartaraf 
etdi. Yaqin kunlarda ushbu kitob sotuv rastalarini egallaydi. 
4) Signal ( xos, maxsus) so’z: 
Ingliz tili grammatikasida har bir zamonning 
signal so’zlari mavjud. 
5) budilnik:
Ertalab telefonim nuqul signal chalgani chalgan. 
6) (kasallik) alomat: 
Yo’tal shamollash signalidir. 
7) (sport) start: 
Poygaga signal berildi. 
8) (anatomiya) buyruq: 
Dastavval signal miyaga boradi va tana harakatlana 
boshlaydi. 
Yuqoridagi misollar orqali signal so’zining xabar ma’nosida qo’llanilishi 
xususida to’xtalib o’tildi. Shu o’rinda alohida ta’kidlash joizki, xabar (signal)
yetkazilish tarziga ko’ra quyidagicha klassifikatsiya hosil qiladi: 
a) yorug’lik signali: 
optik lazerlar, mayoq va h.k.
b) tovushli signal: 
hushtak. diqqatni qaratishga yo’naltirilgan tovushlar;
c) imo orqali signal: 
bosh irg’itish, ko’z qisish va h.k. 
d) rasmli signal: har xil shartli belgilar yoki suratlar; 
e) o’zaro kelishilgan signal. Bunday signallar ma’lum guruhlar uchun 
mo’lljallangan bo’lib, o’zlari tomonidan yaratilgan va faqat shu guruh a’zolariga 
tushunarli bo’ladi.
Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, signal qay tarzda namoyon bo’lishi makon, 
muhit, sharoit va qatnashuvchilarga chambarchas bog’liqdir.
Analogik misol sifatida“Pult” so’zini tahlil qiladigan bo’lsak, bu so’z nemis 
tiliga oid manbaalarda “minbar” yoki “yozuv stoli’ ma’nolari qayd etilgan. O’zbek 
tilida esa bu so’z quyidagi ma’nolarga ega: 
1) notalar qo’yish uchun mo’lljallangan uzun oyoqli stolcha: 
Professorimiz 80 
daqiqa davomida pult yonida tik holatda ma’ruza o’qidilar, shunga qaramasdan 
yuzlarida charchoq alomatlari sezilmasdi. 
2) avtomatik boshqaradigan asbob va apparatlar o’rnatilgan joy: 
Televizorning 
pult orqali masofadan turib boshqarilishi foydalanuvchilarga ko’plab qulayliklar 
yaratdi. 
3) Radioteleapparaturalarni boshqaruvchi asbob. 
Masalan; Televizor pultini bosmoq. 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin