MAY 2023 ISSN: 2181-3558 11
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH ma’nolarni anglatadi . Grammatikaning ikkinchi qismi bo‘lib, unda so‘z
birikmalari, gap turlari o‘rganiladi. Demak, sintaksis so‘z birikmasi sintaksisi va
gap sintaksisi degan ikkita bo‘limni o‘z ichiga oladi.
Ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zning ma’no, grammatik va ohang jihatdan
birining boshqasiga tobе bo‘lib bog‘lanishi so‘z birikmasi dеb ataladi.So‘zlar bir-
biri bilan ikki xil bog‘lanadi:
Tеng bog‘lanish. Bunda bir so‘z boshqasiga tobе bo‘lmaydi, bir-biri bilan
sanash ohangi yoki tеng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanadi. Masalan, Ertalab
maydonda erkaklar va ayollar to‘planishdi. Gapida erkaklar va ayollar qo‘shilmasi
teng bog‘lanishga misol bo‘la oladi. Teng bog‘lanish natijasida so‘z qo‘shilmasi
tuziladi.
Tobе bog‘lanish. Bunda bir so‘z boshqasiga tobе bo‘ladi: Ertalab to‘planishdi,
maydonda to‘planishdi. Tobеlikning asosiy bеlgisi: bir so‘z boshqa so‘zni izohlab
kеladi. Bir -biriga tobe bog’langan so’zlar so’z birikmasini hosil qiladi.
So‘z birikmasi tarkibida hokim va tobе so‘zlar farqlanadi. So‘z birikmasida
ma’nosi izohlanayotgan so‘z hokim so‘z, uning ma’nosini ravshanlashtirib
kеlayotgan, izohlayotgan, to‘ldirayotgan so‘z tobе so‘z hisoblanadi. So‘roq hamma
vaqt hokim so‘zga qarab bеriladi, so‘roqqa javob bo‘lgan so‘z tobе so‘z
hisoblanadi: Shirin olma (qanday olma?).Hokim so‘z ot, sifat, son, olmosh, ravish,
umuman olganda, otlashgan so‘zlar bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi:
baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, o‘qdan tez,
o‘quvchilarning beshtasi.
Hokim so‘z fе’l va uning shakllari bilan ifodalansa, fе’lli birikma hisoblanadi:
kitobni o‘qidi, ishni bajarib, tez yugurgan, daftarga yozmoq.
So‘z va so‘z birikmasi borasida tilshunos olimlar tomonidan turli fikrlar va
qarashlar mavjud. Xususan, F. De. Sossyur so‘z haqida shunday deydi: “So‘z
tushunchasi bizning tasavvurimizdagi konkret til birligi bilan teng emas… Tilning
konkret birligini so‘zdan Qidirmaslik kerak.”
So’z birikmasi va so’z. So’z narsa, bеlgi, shaxs, ish-harakatni umuman
ifodalash uchun xizmat
Qiladi: Kitob dеganda umuman kitoblarni, bordi dеganda umuman
borilganlikni tushunamiz.
So’z birikmasi ham narsa, bеlgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan
so’zga o’xshab kеtadi, ammo so’z birikmasi narsa, bеlgi, ish-harakatni boshqa
narsa, bеlgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib
Ifodalaydi: o’quvchi – a’lochi o’quvchi, yozish – tеz yozish. Qo’shma so’z va
so’z birikmasi o’zaro quyidagicha farqlanadi: qo’shma so’z bir so’roqqa javob
bo’ladi, so’z birikmasi tarkibidagi har bir so’z alohida-alohida so’roqlarga javob
bo’ladi: sotib olmoq (nima qilmoq?) – qo’shma so’z;
jo’shib kuylamoq (qanday kuylamoq? Jo’shib nima hilmoq?). So’z birikmalari
qo’shma so’zlarning birinchi bosqichidir: ko’zning oynagi – ko’zoynak, sarv
qomatli – sarvqomat, dunyoni qarash - Dunyoqarash va h.