MAY 2023 ISSN: 2181-3558 13
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH bog‘langan har ikki so‘z bir-biriga muvofiqlashib, tobe so‘z Shu aloqaga mos
hokim so‘z formada keladi; ulardan birining o‘zgarishi bilan
Boshqasi ham o‘zgarib, shunga mos formaga o‘tadi – o‘z shakllanishini unga
Barobarlashtiradi. Masalan, terimchining hikoyasi.Qaratqich bilan qaralmish
moslashuv yo‘li bilan bog‘lanadi; shaxs va sonda moslashadi. Bunday
tobelanishning asosiy xususiyati tobelanish bir qismning boshqasini aniqlashga
xizmat qildirishidir. Tobe so‘z bilan hokim so‘z bir-biriga moslashadi, harakat,
belgi va predmetning qaysi predmetga tegishliligi ko‘rsatiladi. Masalan, mening
vatanim, gullarning guli, talabalarning o‘qishi.
Gullarning guli –Nargis . Bunda guli (hokim) so‘z talaba bilan gullarning
(tobe so‘z ) qaratqich kelishik qo‘shimchalarini olib kelgan. Dutorimning torlari
qo‘sh bulbuldek sayraydi kabi. Moslashuv hodisasi so‘z birikmasining doirasi
bilangina
cheklanmaydi.
Ega
va
kesim
moslashuv
yo’li
bilan
bog'lanadi.Qaratuvchili birikma ifodalaydigan ma’nolar deb xoslik, butunning
bo‘lagi, to‘dadan ajratilgan qism, o‘ringa, vaqtga munosabat ma’nolari
ta’kidlanadi. Asli bu ma’nolar – birikmaning ma’nolari emas, balki qaratuvchi,
Qaralmish bo‘lib keladigan leksemalardan anglashiladigan ma’nolar. Qaratuvchili
birikmada turlovchilar paradigmasining bir vakili-qaratqich kelishigi bilan
Nisbatlovchilar paradigmasi morfemalari orasidagi bog‘liqlik namoyon bo‘ladi.
Bunda kelishik sintaktik aloqani ta’minlashda qatnashadi va sintaktik vazifa
ko‘rsatkichi bo‘ladi; nisbatlovchi esa sintaktik aloqani ta’minlashda qatnashadi,
lekin shakl o‘zgartiruvchi ekanidan qat’I nazar, sintaktik vazifaga nisbatan betaraf
bo‘ladi.
Boshqaruv. Tobe so‘zning hokim so‘z talab etgan shaklda kelishi boshqaruv
deyiladi. Bunda boshqariluvchi so‘z 8bosh va qaratqich kelishigidan tashqari
boshqa kelishik shaklini yoki ko‘makchini olib keladi. Boshqariluvchining qaysi
kelishik yoki ko‘makchi bilan shakllanishi boshqaruvchi so‘zning ma’nosi,
semantikasi bilan belgilanadi: kitobni o‘qimoq, qariyalarga g‘amxo‘rlik qilmoq,
universitetda o‘qimoq, ishdan qaytmoq, o‘quvchilar bilan suhbatlashmoq kabi
boshqaruv ikki xil bo‘ladi: kelishikli boshqaruv va ko‘makchili boshqaruv.
Kelishikli
boshqaruvda
boshqariluvchi
so‘z ma’lum kelishik shaklida
qo‘llanadi:kattalarni hurmat qilmoq, tog`ga chiqmoq kabi. Ko‘makchili
boshqaruvda boshqariluvchi so‘z ko‘makchi orqali shakllanadi:zavq bilan
ishlamoq, telefon orqali gaplashmoq kabi. Boshqaruv usuli bilan bog‘lanish
to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish, hol- hollanmish munosabatlarini yuzaga keltiradi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilshunosligida so‘z birikmasi tuzilish
strukturasiga ko‘ra, grammatik munosabatga kirishishiga ko‘ra, ba’zi shakllarda
so‘zga, ba’zi o‘rinlarda gapga tenglanishiga ko‘ra murakkab tuzilma hisoblanadi.
Grammatikada soʻzlarning soʻz birikmalari va gaplarga, sodda gaplarning esa
qoʻshma gaplarga birikish usullarini, soʻz birikmalari va gaplarning tuzilishi,
maʼnosi va vazifalarini oʻrganadigan bo’limi.Sintaksis so’z birikmasini va gapni
tekshiradi, uning asosi gap haqidagi ta’limotdir.