Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
21 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
O‘QITISH: KATTA SONLAR QONUNI, MANTIQIY FIKRLASH 
Nilufarxon Ismoilova 
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, assistant 
 
Annotatsiya. 
Maqolada o‘qitish muammolari, jumladan bayonda soddalik, 
qiziqarlilik, shuningdek mavzularning amaliy xususiyatlariga tayangan holda 
o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish to‘g‘risida so‘z boradi. 
Аннотация. 
В статье речь идёт о том, как улучшить способность 
логического мышления учеников опираясь на простоты, доступность и в том 
числе на практические значения тем и понятии. 
Annotation.
The article deals with how to improve the ability of students' 
logical thinking based on simplicity, accessibility, including the practical meanings 
of topics and concepts. 
Kalit so‘zlar: 
turg‘unlik, hodisa, matematik kutilma, ehtimollik, tajriba, 
chastota, o‘qitish, qiziqarlilik, katta sonlar qonuni. 
Ключевые слова: 
устойчивость, событие, математическое ожидание, 
вероятность, испытание, частота, обучение, доступность, закон больших 
чисел.
Keywords:
stability, event, mathematical expectation, probability, test, 
frequency, learning, accessibility, law of large numbers. 
Har bir fan o‘qitishda o‘z vazifasiga va o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Ta’limda albatta fanni o‘qitishning asosiy shakli dars mashg‘ulotlaridir. Biroq dars 
mashg‘ulotlari chegaralangan bo‘lganligi uchun unda fanni to‘la yoritib berish 
mumkin emas. Shunday bo‘lsada, mashg‘ulotlarda o‘quvchilarda fan, uning 
maqsad va vazifalari to‘g‘risida imkon qadar to‘liq tasavvur hosil bo‘lishiga 
erishish lozim. 
Matematik ta’lim, ya’ni o‘qitish bu murakkab jarayon bo‘lib, juda ko‘p 
jihatlarga bog‘liqdir. Bu jihatlardan biri va eng asosiysi mantiqiy fikrlashdir 
deyish mumkin. Bu borada, ya’ni o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirish asosiy maqsad bo‘lib qolaveradi. Shuning uchun ham o‘quvchilarda 
isbotlash malakasini kuchaytirib boorish kerak. Zero, “isbotlash” mantiqiy 
fikrlashning asosidir. Mavzu doirasida keltiriladigan biror xossaga o‘quvchini 
ishontirish shart. Shuningdek, bayonda soddalik, mantiqiy bog‘liqlik, uzviylik 
muhim o‘rin tutadi.
Qaysi mavzu bo‘lmasin aynan shu, ya’ni bayonda soddalik, qiziqarlilik 
shuningdek o‘quvchilarga mavzu bayoni davomida mustaqil fikr yuritishlari uchun 
imkoniyat yaratib berish kabi prinsiplarga amal qilish lozimdir. 
Masalan, katta sonlar qonuni mavzusi misolida nimalarga ahamiyat berish 
kerak? Avvalo bu qonunning asosiy mazmuni − mohiyatini tushuntirish, uning 
tadbiqlari, amaliy ahamiyatini asoslab berishga to‘g‘ri keladi. 
Tajriba natijasida tasodifiy miqdorning qanday qiymat qabul qilishini ishonch 
bilan aytish mumkin emas. Bu ko‘plab tasodifiy sabablarga bog‘liqki, ularning 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin