MAY 2023 ISSN: 2181-3558 17
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH Musobaqalarda g‘alaba qozonishning asosiy omili o‘yinchilarning yuqori
darajada o‘zlarining shaxsiy taktik xarakatlarini (SHTX) namoish etishiga bog‘liq.
SHTX deganda, xar bir o‘yinda, o‘yin shart sharoitlariga qarab o‘yinchilarning
umumiy harakatlarini tushunamiz.
Xar bir o‘yinda musobaqalar jadvali tig‘iz bo‘lgan taqdirda, sportchilarni
kayfiyati, texnik-taktik jixatdan puxta tayyorgarligi, qobiliyatlarini to‘g‘ri baholab
bilish, kerakli vaqtda o‘yinga tushirish yoki almashtirish.
Jamoa muvoffaqiyatinining garovi hisoblanadigan yana bir muhim omil,
SHTX va GTX (gurux taktik xarakatlari) hisoblanadi. Jamoa gurux bilan
kombinasion o‘yinlarga alohida etibor qaratish lozim [2].
Ayniqsa jamoada o‘yinchilar 2-3 tadan bo‘lib, o‘zaro bir birini yaxshi
tushunib o‘yin namoish etsa, o‘yin qiziqarli bo‘ladi va natija ko‘ngildagidek
bo‘ladi. Yetakchi mutaxasislar musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritish
uchun sport o‘yinlari, shu jumladan gandbol jamoasining gurux taktik xarakatlari,
umum jamoa texnik-taktik o‘yinlari katta axamiyatga ega.
Ba’zi murabbiylar fikricha o‘yinda har bir sportchi o‘zining texnik-taktik
xarakatlariga ega bo‘lishi kerak va bu xarakatlar raqib uchun sir bo‘lishi kerak.
Musobaqalarga tayyorgarlik davrida ana shu xarakatlar ustida mashq qilish kerak.
Hususan xujumchilar ana shunga katta etibor berishi zarur.
Jamoa muvoffaqiyatining eng asosiy sharti jamoa, taktik xarakatlari JTX.
O‘yinda jamoaning aniq texnik-taktik xarakatlari (JTX), kombinasion o‘yinlar
o‘yinchilarning o‘zaro bir-birini tushunib xarakat qilishi g‘alaba uchun zarur va
shart [3].
V.N. Txorevtadqiqotidagandbolchilarning texnik-taktik tayyorgarlik darajasi
doimo yuqori bo‘lishi, gandbol o‘yinidagi vaziyatlarda jismoniy texnik-taktik
sifatlarining bog‘liqligi natijasi orqaligina chiqib ketishni ta’kidlab o‘tganlar va
gandbolchilarning musobaqa faoliyatini tahlil natijalariga ko‘ra, maydonda
hujumchining o‘yin funksiyasini eng murakkab bo‘lishikeltirilgan [4].
V.B. Pashevsport o‘yinlarida doimo tezkor-kuch sifatlarining yuqori darajada
bo‘lishi kerakligini va bu gandbol sport turida ham juda muhum ekanligini
ta’kidlaganlar. Uning fikricha, jamoaviy o‘yinda raqib bilan to‘p uchun kurashda
sakrovchanlik, kuch, tezlik, mohirona bajarila olsagina raqibdan ustun bo‘la olishi
mumkin. Buning uchun esa tezkor-kuch sifatining mukammal darajaada bo‘lishi
muhimdir deb ta’kidlagan [5].
V.I. Izaaktadqiqotidajamoaning pozisiyali hujumida gandbolchilarning to‘p
otishi va uzatishlari o‘quv-mashg‘ulot hamda musobaqa faoliyatida bu
ko‘rsatkichlar muhum ekanligini ilmiyasoslangan.
Gandbol mutaxasislarining fikricha hozirgi zamon sport o‘yinlarida eng
yaxshi tushunish xujum va himoyada, birga bir xil o‘ynay bilishi.
Ba’zi murabbiylarning fikricha tezkor o‘yin namoish etish o‘rgatish uchun
ko‘p mehnat sarflash kerak va uzoq jarayon hisoblanadi.Buning uchun mashq
paytida ko‘p mehnat sarflashga to‘g‘ri keladi va mashq jarayonida o‘rgangan nozik
texnik-taktik usullarini o‘yinda qo‘llashni o‘rgatish kerak bo‘ladi.