Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
18 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
V.I. Izaakgandbolchilarning samarali o‘yin ko‘rsatishlari uchun musobaqaga 
tayyorgarlik har bir bosqichida (tayyorlov, umumiy, maxsus) jismoniy sifatlarni, 
texnik-taktik tayyorgarliklarini to‘g‘ri taqsimlanishi kerakligini e’tirof etadi [6].
Gandbolchilarning 
umumiy 
tayyorgarlik 
sifatlarini 
tarbiyalashda, 
uchrashuvlarda yuqori darajadagi xarakatlarni bajarishga erishishda, har bir o‘quv-
mashg‘ulotlarida muayyan bir tayyorgarlikni rivojlantirish maqsadiga qaratilmog‘i 
muhimdir. 
Gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligi organizmning umumiy funksional 
imkoniyalari darajasini oshirish, har tomonlama jismoniy rivojlantirish, sog‘likni 
mustaxkamlash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash 
jarayonidir [7]. 
Gandbolchilarning bajarayotgan xarakat faoliyati, uning shiddatini doimo 
o‘zgarib turishi bilan tavsiflanadi. Mushaklar ishining yuksak shiddatliligi 
faoliyatning pasayishi va nisbatan tinch xolatga o‘tishi bilan almashib turadi. Jadal 
yugurish, oldinga tashlanish, sakrashlar, yurish, to‘xtash bilan almashib 
turadi.Bunday faoliyat muayyan jismoniy yuklamani amalga oshirish bilan bog‘liq 
bo‘lib, u vegetativ jarayonlar birinchi navbatda moddalar almashinuvi jarayonida, 
nafas olish tizimida, qon aylanishi jarayonida jiddiy funksional o‘zgarishlar paydo 
bo‘ladi. 
Biroq gandbolchilarning o‘yin faoliyati faqat sakrash, yugurish va yurishdan 
iborat emasligi, unda anchagina murakkab xarakatlarning mavjudligi bilan 
izohlanadi. 
Yakkama-yakka jadal kurash sharoitida eng katta tezlikda va uzoq vaqt 
davomida to‘pga egalik qilish, raqib bilan to‘p uchun kurashish holatlari kuzatiladi. 
Shuning uchun gandbolchilarning jismoniy tayyorgarligi ularning o‘yin 
faoliyati tavsifini hisobga olgan holda shunday tashkil etilishi kerakki, bu ularga 
texnik-taktik maxoratni takomillashtirish uchun asos bo‘lsin [8]. 
Sport musobaqalari pedagogik, sport, metodik va ijtimoiy siyosiy vazifalarni 
еchishga yaqindan yordam beradi. 
Musobaqalarga qatnashmay turib sport faoliyati xaqida gapirmasa ham 
bo‘ladi. 
Musobaqalar - sportchilar uchun, rag‘batlantiruvchi omil hisoblanadi va shu 
paytning o‘zida sportchidan yuklamani tobora oshirib borish, irodani tarbiyalash, 
sport kurashiga o‘rganish va mashq jarayonini nazorat qilishga o‘rgatadi [9]. 
Sportchining musobaqalarda ko‘p qatnashishi shunchalik tajribaga ega 
bo‘lishligini amaliyot ko‘rsatib turibdi. 
Sportchini musobaqalarda ishtirok etishga tayyorgarlik tizimida quyidagilarni 
hisobga olish zarur: 
- sportchi uchun musobaqalar hafsala bilan tanlanishi va asta-sekin 
qiyinlashib boradigan bo‘lishi lozim; 
- musobaqada kuch jihatdan teng bo‘lgan sportchilar qatnashish; 
- yuqori darajadagi yutuqlarga erishish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi 
musobaqalarda qatnashish zarur; 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin