MAY 2023 ISSN: 2181-3558 26
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga
qaratiladi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarni voqea-hodisalarni kuzatish, anglash,
qiyoslash, analiz va sintez qilishga o’rgatish orqali ularning ijodiy va tanqidiy
tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va
o’qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ona tili boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘rinni egallar ekan, har bir o‘quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur. Ona tili fanining o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzilgan. O‘quv dasturida o‘quvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni hamda tayanch kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning maqsadi – o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmasini, ijodiy fikrlash malakasini, kitobxonlik va nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat. Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan. Nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda o‘qigan, ko‘rgan, eshitganlarini nutqiy to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi; Har bir mashgʻulot tilni оʻzlashtirishning tabiiy laboratoriyasi sifatida tashkil
etiladi, ya’ni mashq daftari orqali oäquvchular bilimlarini zanada
mustahkamlaydilar. mashq daftarida darslikda ishora qilingan, maxsus belgi bilan
ajratilgan topshiriqlar bajarib boriladi.Oʻquvchilar daftarga yozishlari, chizishlari,
boʻsh oʻrinlarni toʻldirishlari, oʻqib va tinglab tushunish, matn tuzish bilan bogʻliq
topshiriqlarni bajarishlari hamda rasmlarni boʻyashlari mumkin [3]:
ko‘rgan rasmlari va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan o‘qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi. Nutq va matnning gaplardan tuzilishi, matnni mazmunan bog‘langan gaplardan tuzilishini aytib bera oladi; kishilarning his-hayajonini bildirgan gaplarni, gaplarni mazmuniga ko‘ra farqlaydi, oxiridagi nuqta, so‘roq va undov belgilariga qarab o‘qiy oladi, ajrata oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi; gapni bosh harf bilan boshlab yoza oladi, rasmlarga qarab gap tuzadi va yoza oladi, harflarni yozuvda imlo va husnixat qoidalariga amal qilgan holda harflarni bir-biriga ulab, ko‘chirib, namunaga qarab yoza oladi. Bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, 15-20 so‘zli diktant yoza oladi. Endilikda grammatika bilan bir qatorda oʻquvchilardagi
nutqiy kompetensiyani, ya’ni tinglab tushunish,gapirish, oʻqish va yozish kabi
amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga koʻproq e’tibor qaratish lozim. Bu maqsadga
erishishda ona tilining nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish,