MAY 2023 ISSN: 2181-3558 34
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning eng muhim kasbiy-pedagogik
masalalaridan biri – maktabga mo‘ljallangan va OTMda o‘qitiladigan noorganik
kimyo kursi o‘rtasidagi nisbat va bog‘liqliklarni ochib berishdan iboratdir. Bunda
ikki holatni imkon boricha chetlab o‘tish lozim:
-dasturdagi materialni yuqori nazariy darajada bayon qilish: bu orqali Oliy
ta’lim muassasalarida kimyoni o‘qitish bilan maktabda kimyoni o‘qitish o‘rtasida
uzilish paydo bo‘lishi kuzatiladi;
- OTMdagi kimyo kursini maktab kursiga haddan tashqari ko‘p yaqinlashtirib
yuborish: buning natijasida Oliy ta’lim muassasalari talabasi yetarli darajada
o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lmaydi
Turli xil kontekstlar, jumladan, kasbiy kontekstlarning o‘qitishning maqbul
tarzda tashkil etilish jarayoniga metodik jihatdan ta’siri masalasiga bir qator
tadqiqotlarda keng o‘rin berilgan [2]. Tanlash bo‘yicha o‘zaro bog‘liq kurslarning
kasbiy yo‘naltirilgan majmuaviy tizimini tashkil etish bo‘yicha ham tadqiqotlar
mavjud [5]. Mohiyatan qaralganda, kontekstli o‘qitish sohasida bir qator
tadqiqotlar olib borilgan. Ularda noorganik kimyoni o‘rganish jarayonida kimyo
bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini tashkil etish va olib borish metodikasini o‘qitish
masalalari keng tadqiq etilgan. Bunday ishlarga noorganik kimyo bo‘yicha
laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari mundarijasiga kasbiy faoliyatga xos
elementlarni kiritishga oid empirik tadqiqotlarni namuna sifatida keltirish mumkin
[6].
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).
Noorganik kimyo bo‘yicha laboratoriya va seminar mashg‘ulotlariga kasbiy
faoliyatga xos elementlar kiritilishining bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash
samaradorligi ta’siriga bag‘ishlangan dissertatsion tadqiqot ishlari ham mavjudki,
ular qayd etilgan mavzuning yoritishga qaratilgan ahamiyatli ishlardan hisoblanadi
[8].
Mazkur ko‘rsatib o‘tilgan ishlarda kimyoni o‘rgatish-o‘qitish masalalari bilan
bir qatorda bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining simmetrik ko‘rinishlarga ajratish
asosida ta’lim berish metodikasiga o‘rgatish ham alohida ahamiyat kasb etadi.
YA’ni kasbiy faoliyat elementlari, muammoli va kasbga yo‘naltirilgan topshiriqlar,
kasbiy faoliyat davomida yuzaga keladigan vaziyatlar, o‘quv-kasbiy faoliyatlarda
o‘qitishning faol metodlari va shu kabilar taqdim etilanki ular qatorida simmetrik
ko‘rinishlarga ajratish asosida ta’lim berish ham taqdim etilsa metodika ma’lum bir
ma’noda boyitilgan bo‘ladi.
Maktab kursida umumiy va noorganik kimyoni o‘rganishga ajratilgan soatlar
maktab dasturida kimyoni o‘rganish uchun ajratilgan vaqtning uchdan ikki qismiga
to‘g‘ri keladi. Shuning uchun, aynan oliy ta’lim muassasalarida umumiy va
noorganik kimyo kurslarini o‘rganishda simmetrik ko‘rinishlarga ajratish asosida
ta’lim berish metodikasini joriy etish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy
tayyorlanganlik darajasini oshirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Nazariy-tarkibiy tuzilma tushunchasining o‘zaro nisbati, ularning mohiyatini
hosil qiladigan tushuncha va fikrlarni mantiqiy tuzilmaning elementlari sifatida