Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
35 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
alohida ajratib olish, tahsil davomida ularning tub mohiyatini oydinlashtirish 
usullari kabi masalalar ko‘pchilik tadqiqotchilar izlanishlarida o‘z aksini topgan 
[1]. 
Har qanday tizimda, shu jumladan, noorganik kimyo fanining mazmunida 
ham mazkur tizimni hosil qiluvchi elementlar o‘rtasida bog‘liqlik va o‘zaro nisbat 
kuzatiladi. Ushbu bog‘liqliklar va o‘zaro nisbatlar tizimlarning ichki tuzilishi va 
tashkil topish shaklini, ya’ni tuzilmaviy tarkibini belgilab beradi. Noorganik kimyo 
mazmuni ham moddalar va kimyoviy reaksiyalar haqidagi ma’lumotlar, ya’ni 
tushunchalar, atamalar, xossalardan iborat mustaqil kichik tizimlarni o‘z ichiga 
olgan tizim sifatida qaralishi mumkin. 
Noorganik kimyoning dastlabki qismi elementlari mazkur bo‘limga xos 
tushunchalardan iborat kichik tizimlarni o‘z ichiga oladi. Bu kichik tizimlarni har 
biri nisbatan kamsonli bo‘lgan asosiy tushunchalar tashkil qiladi. 
Tushunchalarning kichik tizimlarni rivojlantirish atomistika, davriylik qonuni, 
atomning tuzilish nazariyasi, elekrolistik dissotsiatsiya nazariyasi, elektron 
nazariya kabi umumiy nazariyalar bilan belgilanuvchi nazariy darajada amalga 
oshiriladi. Ayrim bir alohida tushunchalargina kichik tizimning tor miqyosdagi 
elementlari sifatida qaraladi. Keng miqyosli tushunchalarning tuzilmaviy 
tarkibidagi o‘rni va ahamiyati noorganik kimyo kursini tuzilmasining umumiy 
konsepsiyalari bilan belgilanadi. Mazkur konsepsiyalar kimyo bo‘yicha bilimlarni 
shakllantirishga qaratilgan umumiy yondashuvlar haqidagi tasavvurlarni o‘z ichiga 
oladi. Kurs tarkibidagi tor miqyosli elementlarning maqomi yoki holati ular 
mohiyatini ifoda etuvchi alomatlarning o‘zaro aloqadorligiga qarab belgilanadi. 
Qoidaga ko‘ra, tuzilmaviy tarkibdagi keng miqyosli elementlarning nazariy 
darajalari bilan chegaralangan bo‘ladi. Mazmunning tuzilmaviy tarkibga 
kirmaydigan “ko‘chib yuruvchi” elementlari sirasiga xususiy qonunlar va hodisalar 
taalluqlidir. Ularning kursdagi o‘rni qat’iy barqarorlashtirilmagan, ya’ni aniq 
belgilanib berilmagan [3]. 
Universitetlardagi andazaviy kurs birinchi va ikkinchi semestrlarda, ba’zan 
esa uchinchi semestrda ham o‘rganiladi va unda matematika bilan bog‘liqligi 
yuqori darajada bo‘ladi. Shuningdek, laboratoriya xonalari dastlabki ishlardanoq 
kimyoviy jihatdan hamda jihozlarga talab nuqtai nazaridan yetarlicha murakkab 
fizikaviy kimyo kurslarida bajariladigan laboratoriya mashg‘ulotlaridek, sintez 
jarayonlarining borishi va natijalarini kuzatish uchun zarur bo‘ladigan tahliliy 
qurilmalari bilan jihozlnadi [4]. 
Tahlil va natijalar (Analysis and results). 
Aqliy 
harakatlarning 
bosqichma-bosqich 
shakllantirish 
nazariyasida 
harakatlarning sakkiz xili, ulardan to‘rttasi eksperimental tasdiqlangan bo‘lib, 
harakatlanish mo‘ljallarning asosi (o‘qitish turlari) belgilangan. Eksperimental va 
o‘zini operatsionalligi jalb qiluvchi nazariya o‘tgan asrning yetmishinchi-
saksoninchi yillarida kimyoni metodik tadqiqotlarida ommalashib, uning asosida 
masalalar to‘plami, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun o‘quv 
qo‘llanmalar ishlab chiqilgan. Biroq, yigirma birinchi asrning boshlariga kelib, bu 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin