Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
31 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
Umumiy biologiyaning asosiy bo‘limlarini o‘z ichiga olgan 10-11-sinf 
“Biologiya” dasturi tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, u fanlararo aloqalarni, 
namoyishlarni, ko‘nikmalarni va laboratoriya ishlarini o‘z ichiga oladi – birinchi 
variantdir. 
10-11-sinflar “Biologiya” dasturi tomonidan taqdim etilib, bu asosiy maktab 
biologiya dasturining davomi (5-9-sinflar), dastur biologiyaning nazariy va amaliy 
asoslarini o‘rganishni nazarda tutadi – ikkinchi variant. 
Biologiyani chuqur o‘rganadigan sinflar uchun “Biologiya” dasturi (10-11-
sinflar) tomonidan taqdim etilib, unda barcha bo‘limlar saqlanib qoladi, ammo 
ularning barchasi kengaytirilgan va chuqurlashtirilgan variantda o‘rganiladi, 
laboratoriya ishlari, ko‘rgazmali namoyish va ekskursiyalar soni ko‘paytiriladi – 
uchinchi variant hisoblanadi. 
Ekologik ta’limning mazmunli asosini ekotizimlar yangi xususiyatlarga ega 
bo‘lgan biotik va abiotik komponentlar to‘plami sifatidagi ta’lim tashkil etadi. 
Atrof-muhitning o‘zaro ta’siri - ularning turlari, ko‘rinishlari, shakllari 
fundamental ilmiy fanlar: klassik ekologiya, ijtimoiy ekologiya, global ekologiya, 
inson ekologiyasi va boshqalarning tadqiqot mavzusiga aylandi. 
Texnologik xarita amalga oshishi nazarda tutilayotgan o‘quv jarayoni 
loyihasining pasportidir. Texnologik xaritalar o‘quv jarayonining asosiy 
parametrlarini nihoyatda ixcham tarzda taqdim etishga imkon beradi: maqsadni 
belgilash, tashhislash, uy vazifasini aniqlash, loyihaning mantiqiy tuzilishi va 
tuzatishlar kiritish. U pedagogik natijani rejalashtirish, o‘quvchilarning ijtimoiy 
tajribasidan foydalanish, o‘quvchilar uchun mumkin bo‘lgan shaxsiy ahamiyatni 
ajratishni birlashtiradi. Texnologik xaritalar o‘quv jarayonini rejalashtirish 
variantlaridan biridir. 
Texnologik xaritada turli darajadagi vazifalar ko‘rinishidagi o‘tmishdagi 
bilim tajribasiga qarab ko‘p darajali o‘qitish imkoniyati mavjud bo‘lishi mumkin. 
Masalan, dars davomida ba’zi o‘quvchilar bitta preparatni ko‘rib chiqishlari, 
eskizlarini tasvirlashlari va ta’riflashlari mumkin, boshqalari bir vaqtning o‘zida 
ikkita preparatni ko‘rib chiqishga muvaffaq bo‘lishadi, shu bilan birga barcha 
farqlarni aniqlashadi. 
Texnologik xaritalarga asoslanib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga hissa 
qo‘shadigan, qiziqish, bilish qobiliyatlari, tadqiqotchilik qobiliyatlarini, 
munozaralar paytida muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradigan 
modulli darslar ishlab chiqiladi. 
Shunday qilib, ta’lim oluvchilar funksional yondashuv orqali dastur, darslik 
va o‘quv qo‘llanmalarni tanlab olishlari mumkin. Shu sababli talabalarga bilim 
berish, o‘qitiladigan kursning metodik ta’minotini tanlash va undan foydalanish 
ko‘nikmalarini rivojlantirish zarur. Yosh o‘qituvchilar faoliyatini tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, ular asosan namunaga ko‘ra maktablardagi mavjud darsliklar bilan 
ishlashadi. Shuning uchun hozirgi paytda funksional yondashuv asosida bo‘lajak 
biologiya o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish zarurati 
tug‘ilmoqda. 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin