MAY 2023 ISSN: 2181-3558 36
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH nazariyaga qiziqish so‘na boshladi. P. Y. Galperin yana bir motivatsiya -
bosqichini joriy etishni zarur deb hisobladi, uning vazifasi muvaffaqiyatli o‘qitish
uchun zarur ijobiy motivatsiyani yaratishdan iborat edi. P. Y. Galperinning
nazariyasi talabalarda kimyo fanini o‘rganishda ifodalangan motivatsiya mavjud
bo‘lgandagina mukammal ishlagan va talabalarda o‘rganish uchun
motivatsiyaning yo‘qligi deyarli ijobiy natija bermagan. Muammo shundaki,
faoliyatning motivatsion imkoniyatlari faoliyatning o‘zi uchun katta emas, shuning
uchun bu nazariya ta’lim olishga ma’no bera olmagan.
A. A. Verbitskiyning kontekstual yondashuvini va belgili-kontekstual
ta’limot nazariyasini qo‘llanilganida vaziyat tubdan o‘zgaradi. Mazkur nazariya,
psixologiyada rivojlangan o‘qitishning faoliyat nazariyasiga; faol ta’limotning
shakl
va
turli-tuman
usullardan
foydalanishning
tajribasini
nazariy
umumlashtirilishiga; talabani bo‘lajak kasbiy faoliyatining subyektli va ijtimoiy
kontekstlarini uning o‘quv faoliyati jarayoni va natijalariga ma’no-mazmunini
shakllantiruvchi ta’siriga asoslanadi.
Hozirgi vaqtda uning nazariy apparati ham A. A. Verbitskiy ishlarida, ham
uning maktabi ishlarida yetarli darajada batafsil ishlab chiqilgan[5]. So‘nggi
yillarda, ushbu nazariyani foydalanayotgan yoki unga murojaat qilayotgan
mualliflar ilmiy nashrlar soni keskin oshib ketmoqda.
OTM bitiruvchisining fan bo‘yichaa kompetensiyasiga qo‘yiladigan asosiy
talablarni belgilovchi muhim meyoriy hujjatlardan biri professiogrammadir.
Prfessiogramma bitiruvchining vazifa va funksiyalarini aniqlashtiruvchi hamda
malakaviy xususiyatlarini belgilovchi meyoriy hujjat hisoblanadi. Kimyo
o‘qituvchilari uchun ishlab chiqilgan professiogrammalarning eng keng tarqalgan
namunasi A.D. Smirnov va I.L. Drijun [7] tomonidan ishlab chiqilgan. Shunisi
ham borki, kimyo fani o‘qituvchining professiogrammasi faqat fan bo‘yicha tor
doiraga mo‘ljallangan. Xususan:
-o‘qituvchi faoliyati keng qamrovli va umumlashgandir (ya’ni integrativ va
sintetikdir);
-umumlashtirilgan malaka va yuksak darajadagi ko‘nikmalar ushbu darajaga
muvofiq keluvchi kasbiy faoliyatni tashkil etish modellari orqali boshqarilmaydi;
-bitiruvchilarning kompetentlik darajasini belgilovchi malaka, ya’ni moddalar
va ularning xossalarini tavsiflashdek muhim malaka ko‘plab nisbatan sodda va
ahamiyatsiz malaka va ko‘nikmalarga bo‘lib tashlanadi (ya’ni kichik tashkil
etuvchilarning yig‘indisi sifatida qaraladi).[9]
Shunday qilib, OTMlar bitiruvchilarini kompetentli darajada tayyorlash
vazifasiga qo‘yiladigan talablar oddiy amaliy jarayonlar emas, balki mufassal tafsif
etilgan ko‘pkomponentli murakkab malakalar, mazkur malakalar asosidagi faoliyat
modeli asosida bajariladi.
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Tizimli -tuzilmaviy, faoliyatli va simmetrik ko‘rinishlarga ajratish asosida
ta’lim berish metodikasi OTMlar talabalarida moddalar va ularning xossalari