MAY 2023 ISSN: 2181-3558 44
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH o’z Vatanni himoya qilish chog’ida jon bergan buyuk ajdodlarimiz , o’g’lonlari
xotirasi yod etiladi. Hamda ularning e’zozlanishi va doimo yodga olinishi qadriyati
xalqimizga mos tuyg’u va iftixor hisoblanadi, qadriyatlarimizdan biri insonni
ulug’lash, keksalar haqqiga duo o’qib ularni xotirlashdek qadriyatlar xalqimiz
ko’zgusi hisoblanadi.Nuroniylarni ulug’lash, ularga har tomonlama yordam berish,
g’amxo’rlik ko’rsatish ko’plab tashkilotlarda an’anaga aylangan desak ham
bo’ladi. Nafaqat ushbu tashkilotlar balki azal azaldan maktablarda ham ushbu
an’ana mavjud desak adashmagan bo’lamiz. Sababi har yili o’quvchilar keksalarni
e’zozlab, ularni yod olib, ularni yo’qlash maqsadida ko’plab ulug’ yoshdagi yokida
urush ishtirokchisi bo’lgan keksalar oldiga borishadi. Qaysidir ma’noda ularni
yo’qlashadi. Buni qilishni zarari emas balki katta foydasi bor desak adashmaymiz.
Sababi bu orqali o’quvchilarda tarixga qiziqish paydo bo’ladi. Hozirgi kundagi
shart-sharoitlarga shukr aytib , shunday tinch va totuv yurtda va hayotda
yashayotganliklariga hamdlar aytishadi va shuni qadriga yetishadi. Bunday tuyg’u
har kimda oz bo’lsada paydo bo’ladi. Nafaqat shukrona aytish balki jasur,
qo’rqmas bo’lishga Vatanni har qanday xolatda himoya qilishga turtki ham bo’ladi.
Bu xolat , keksalarni yo’qlash ayniqsa maktab yoshidagi bolalar uchun katta xodisa
va foydali bo’lishi tayin. Odob, insonni qadrlash, yurtga bo’lgan muhabbat
tuyg’ulari ularda jonlanib paydo bo’la boshlaydi.
Ushbu rasmni ko’rganda hayolimizga ko’plab urushdagi ko’rinishlar
jonlanadi. Go’yoki ular vafot etgan bo’lsada hamon tirikdek ko’rinadi. Sababi ular
har bir insonni qalbida yashaydi. Mana shu yonib turgan olovdek qalbarga isiqlik