MAY 2023 ISSN: 2181-3558 12
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH So’z birikmasi va sintagma. Sintagma fonеtik hodisa bo’lib, unda ikki so’z
o’zaro birikkanda mazmun yеtakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta
yordamchi so’z ham sintagmani tashkil etishi mumkin .Yoxud bir so’zning o’zi
ham sintagma hisoblaniishi mumkin. So’z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil
So’zdan iborat bo’ladi.
So’z birikmasi va gap. Gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmni bildirib,
tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko’cha katta. So’z birikmasi esa atash ohangi
bilan aytiladi: katta ko’cha. Gap bitta so’zdan ham iborat bo’lishi mumkin va u
kеsimlik qo’shimchalari bilan shakllangan bo’ladi, so’z birikmasi esa har doim eng
kamida Ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi: Bahor (gap). Atrof yam- yashil
libosga (so’z birikmasi) burkangan. Shu xususiyatlari bilan ular o’zaro farqlanadi.
Tobelanish — tobe sintaktik munosabatda boʻlish; soʻz birikmasi yoki gap
tarkibidagi soʻzlarning oʻzaro teng boʻlmagan, sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga
boʻysunuvchi munosabati. Sintaktik
jihatdan biri ikkichisiga boʻysunadigan, biri ikkinchisiga tobe boʻlgan birliklar
orasida tobe aloqa mavjud boʻladi. Tobe aloqada bir uzv ikkinchisiga nisbatan
tobe, ikkinchisi esa unga nisbatan hokim vaziyatda boʻladi. Mas: aniqlovchi —
aniqlanmish, toʻldiruvchi — kesim, ega — kesim aloqalari tobe aloqadir: goʻzal
hayot, hunarni sevmoq, dalalar yashnamoqda kabi. Ega — kesim munosabatida
hokim qism, qolgan turdagi birikuvlarda esa tobe qism oldin keladi. Tobe
aloqaning 3 xil turi bor: boshqaruv, moslashuv, bitishuv. Boshqaruv
Bitishuv. Hokim va tobe so‘zlarning o‘zaro so‘z tartibi hamda ohang
yordamida birikishiga bitishuv deyiladi. Bitishuv yo‘li bilan bog‘lanish sifatlovchi-
sifatlanmish (yangi libos ), izohlovchi-izohlanmish (shoir Erkin Vohidov ),qisman
hol-hollanmish (to‘satdan uchrab qolmoq ) munosabatidagi birikmalarga xos
bo‘lib, uning qismlari ifoda materialiga
Ko‘ra turlicha bo‘ladi:
sifat + ot:ziyrak bola, yam-yashil dala;
ot + ot:temir darvoza, oltin kuz;
son + ot:besh kishi, o‘n tup ko‘chat;
olmosh + ot:barcha xalqlar, shu yo‘l;
sifatdosh + ot:sinalgan odam, aytilgan so‘z;
ravish + ot:mo‘l hosil, ko‘p xususiyatlar;
taqlid so‘z + ot:g‘ir-g‘ir shabada, tars-turs ovozlar;
ravish + fe’l:tez yurmoq, erta kelmoq;
ravishdosh + fe’l:o‘ylab gapirmoq, quvonib aytmoq;
taqlid so‘z + fe’l:duv-duv to‘kilmoq, gir-gir aylanmoq. Moslashuv.
O‘zbek tilida qaratqich va qaralmishning aloqasi bog‘lanishning alohida turini
tashkil qiladi. Bunda so‘zlardan birini hokim,birini tobe deb qarash qiyin, chunki
qaralmishning talabi bilan qaratuvchi bo‘lak qaratqich kelishigi shaklini oladi, o‘z
navbatida, qaratuvchining talabiga ko‘ra qaralmish egalik affiksini qabul
qiladi:bolalarning quvonchi, mening kitobim, sening daftaring, ularning vazifasi
kabi. Bunda munosabatdorlik (o‘zaro hokimlik, tobelik) kuzatiladi. Bunda