MAY 2023 ISSN: 2181-3558 124
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH mustaqil formati sifatida lug'atlarga nisbatan bir qator quyidagi afzalliklarni taqdim
etadi[8]:
- to'plash;
- saqlash;
- lingvistik ma'lumotlarni tizimlashtirish va uning ichida tezkor qidiruvni
amalga oshirish;
- shuningdek, til tizimida doimiy ravishda sodir bo'ladigan o'zgarishlarni
amalga oshirish uchun ochiq tuzilishga ega [11].
Dunyo tilshunosligida xilma-xil lingvistik bazalar yaratilgan bo`lib, ularga
misol sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
"Ovoz" lingvistik bazasi (N.A. Mishankina, Tomsk davlat universiteti)
semantikasida "tovush" komponentini o'z ichiga olgan fe'llarni qamrab oladi,
"ovoz" leksik-semantik maydonini aks ettiradi va turini ko'rsatadigan audio yoki
vizual demomateriallarni to'ldirish imkoniyatini beradi. Tovush, uning predmeti va
u bilan bog'liq harakatlarni jamlagan ma’lumotlarni o`zida aks ettiradi.
Metaforik terminologiya lingvistik bazasi ilmiy nutqning kaliti bo'lgan
konseptual metaforalarni aks ettiruvchi universal metafora modellarini aniqlashga
qaratilgan baza hisoblanadi. Mualliflar (N.A. Mishankina, E.A. Panasenko, Tomsk
politexnika universiteti) ishlab chiqilgan ma'lumotlar bazasidan bir qator muayyan
muammolarni hal qilishda, masalan, milliy tilning atama yaratishda eng mashhur
leksik birliklarini aniqlashda foydalanish mumkinligini ta'kidlaydilar. Ushbu
ma'lumotlar bazasini yaratish uchun materiallar turli xil ilmiy sohalarning
terminologik lug'atlariga asoslangan edi: biologiya, geologiya, informatika,
tilshunoslik, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, ekologiya. Tahlil qilingan
manbalarning umumiy soni 65 tani, aniqlangan metaforik terminologik birliklar
soni esa 2000 ga yaqinni tashkil etdi.Ushbu maʼlumotlar bazasining markaziy
jadvali “Leksik birlik”, yordamchi jadvallari “Metaforik model” va mavzu sohalari
jadvallari muayyan predmet sohasining metaforik terminologiyasidan iboratdir
[12].
Psixolingvistik lingvistik bazasi (Tomsk davlat universiteti loyihasi:
Z.I.Rezanova,
A.A.Miklashevskiy)
lingvistik
semantikaning
obrazli-idrok
komponentini tavsiflash uchun ishlatiladi va yarim tizimli semantik ma'lumotlarni
tahlil qilish uchun statistik usullardan foydalanishga imkon beradi. Ushbu
lingvistik bazada psixolingvistik eksperiment davomida olingan 506 aniq va
mavhum otlar haqida ma'lumotlar, ya'ni ularning idrok etish usullari (ko'rish,
eshitish, ta'm, hid va teginish hissi) bilan aloqasi va boshqa qo'shimcha
ma'lumotlar, masalan, so'zni o'rganishning subyektiv ahamiyati xususidagi
ma’lumotlar o`rin olgandir [13].
Pragmatik belgilangan lug'at lingvistik bazasi Novosibirsk davlat pedagogika
universiteti jamoasi tomonidan ishlab chiqilmoqda: T.A. Tripolskaya, E.Y.
Bulygina, V.D. Chernyak (Sankt-Peterburg), V.A. Efremov (Sankt-Peterburg),
M.A. Lappo, E.G. Basalaeva, L.N. Xramtsova, I.I. Sazhenin. Taxminan 400
birlikni o'z ichiga olgan ushbu ma'lumotlar bazasining demo versiyasi Internetda