MAY 2023 ISSN: 2181-3558 57
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O`QUVCHILARNING O`QUV MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISH Babajanova G.M. stajyor -o‘qituvchi, NDPI, Nukus, O‘zbekiston Annotatsiya . Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning yosh
xususiyatlarni,
ularni
maktabga
tayyorlash,
motivatsiyaning
psixologik
ta`rifi,uning turlari va kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning o`quv
motivatsiyasini rivojlantirishga oid nazariy ma`lumotlar va kerakli pedagogik
psixologik tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: kichik maktab yoshi, o`quvchi,maktab, motivatsiya, o`quv
faoliyati, o`quv motivatsiyasi.
Аннотация . В статье приведены теоретические сведения и необходимые
педагогико-психологические рекомендации по развитию юношеских качеств
учащихся младшего школьного возраста, их подготовке к школе,
психологическому определению мотивации, ее видам, развитию учебной
мотивации учащихся младшего школьного возраста.
Ключевые слова: младший школьный возраст, ученик, школа,
мотивация, учебная деятельность, учебная мотивация.
Abstract. This article provides theoretical information and necessary
pedagogical psychological recommendations on the development of young
characteristics of students of junior school age, their preparation for school,
psychological definition of motivation, its types, and the development of
educational motivation of students of junior school age.
Key words: junior school age, student, school, motivation, educational
activity, educational motivation.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi ko‘p jihatdan ularning maktabga
tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bolaning maktabda o‘qishga tayyorligi
quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
1.
Shaxsiy tayyorgarlik.
2.
Intelektual tayyorgarlik.
3.
Harakat tayyorgarligi.
4.
O`quv faoliyatiga tayyorgarlik.
Shaxsiy tayyorgarlikning eng muhim jiatlaridan biri bu o`quvchida
motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning mavjudligi.
Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining maxsus o‘rni bo‘lishiga intilish, muhim
baholanadigan faoliyatni bajarish — o‘quvchi bo‘lish.
Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning
mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining maxsus o‘rni bo‘lishiga
intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish — o‘quvchi bo‘lish.
Motivatsion tayyorgarlik. Katta bog‘cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda
o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bolishi