MAY 2023 ISSN: 2181-3558 4
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH ishlatayotgan so'zlarni tushunishga intiladi. Bu esa bolalar uchun qiziq va til
o'rganishlari uchun samarali yo'l.
“Qiziqarli o'yinlar orqali o'rganish.” Ingliz tili fanini o'qitishda turli xil
o'yinlar orqali o'rgatishning o'rni beqiyosdir. Dars davomida har xil o'yinlar
o'ynatib turish sinfda fanni o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni yanada oshiradi, faol
bo'lmagan o'quvchilarni ham darslarda yaxshiroq qatnashishga undaydi. Quyidagi
o'yinlar so'zimizga misol bo'la oladi:
"Quvnoq topishmoqlar"(Merry Riddles) o'quvchilarga topishmoqlar o'rgatish
ingliz tilini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o'zlariga notanish bo'lgan
so'zlarni o'rganadilar va o'ylab topishmoqning javobini topadilar.
"Pantomima" (pantomime). Bunda o'qituvchi o'quvchilarga biron bir so'zni
aytadi va o'quvchi uni ko'rsatadi. Qolgan o'quvchilar esa so'zni topib, inglizcha
nomini aytishi kerak bo'ladi.
Bolalarning esida biror narsaning mahkam o'rnashib qolishini xohlovchi
pedagog bola sezgi organlarining mumkin qadar ko'prog'ini ko'zi, qulog'i, tovush
organi, muskul sezgisi va hatto, agar iloji bo'lsa, hidlash va ta'm bilish organlarini
esda tutib qolish jarayonida qatnashtirishga harakat qilishi kerak. Masalan:
o'qituvchi bir o'quvchining olmani tatib ko'rishi paytida uning rangi qizil(red) yoki
yashil(green), ta'mi shirin(tasty) yoki katta(big), kichik (small) shakli haqida
ma'lumot berishi va boshqa o'quvchilarga ham mevalarni yedirib, u bolalardan
o'sha meva haqida inglizcha ma'lumotlar berishini talab qilishi lozim. Bu hol
bolaning keyingi o'rganishlarida ham yordam beradi. O'qituvchi o'quvchilardan
ranglarning inglizcha nomini so'rab qolsa, bola darrov meva yegan paytini eslaydi,
qizil-red, yashil-green ekanligini tez xotirlaydi. Demak, bunday usuldan
foydalanish o'quvchining ma'lumotni uzoq muddatda xotirasida saqlab qolishini
ta'minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, kichik yoshdagi bolalarga til o'rgatish majburiyat
sifatida emas, qiziqarli mashg'ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali
usullardan foydalanib dars o'tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun
poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bolalarga chet tillarini o'rganish qanchalar
muhimligini tabiiy sharoitlar orqali to'g'ri tushuntirib borilishi darkor. Zero,
ko`plab xorijiy tillarni mukammal bilgan va bu tillarda bemalol gaplasha olish
imkoniyatiga ega bo`lgan insonda dunyo-ilm fanini o`rganishga, buyuk ishlarni
amalga oshirishiga turtki bo`ladigan energiya doim mavjud bo`ladi.