Mavzu: meva va urug‘larning kasalliklari. Ish rejasi



Yüklə 81,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü81,69 Kb.
#178161
  1   2   3   4   5   6   7
2- MEVA VA URUG‘LARNING KASALLIKLARI



MAVZU: MEVA VA URUG‘LARNING KASALLIKLARI

Ish rejasi: 
1.
 
Mog‘orlash 
2.
 
Mumlanish 
3.
 
Mevalar deformatsiyasi
4.
 
Dog‘lanish
5.
 
CHirish 
 
Zaruriy jixozlar
: rangli qalam, mikroskop, lupa, skalpel, buyum va qoplog‘ich oynalar, igna, 
pipetka, suv, rangli plakatlar, gerbariy materiallari.Rangli jadvallar. 
Topshiriq.

1.Zararlangan urug‘ va mevalarni tashqi ko‘rinishiga qarab kasallikni aniqlash va rasmini 
chizish. 
2. Preparat tayyorlab mikroskopda ko‘rish. 
 
Mog‘orlash
. Kasallik urug‘larning tashqi yoki ichki tomonida momiq g‘ubor, 
o‘rgimchaksimon namat yoki chimlarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Mog‘orning rangi 
uni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm turiga bog‘liq ravishda oq, kulrang, yashil yoki qora bo‘lishi 
mumkin.
Mog‘orlashni ko‘pincha 
Mucor, Aspergillus, Dematium
turkumiga mansub zamburug‘lar 
qo‘zg‘atadi, ular tabiatda juda keng tarqalgan va turli substratlarda yashaydi. 
Tarkibida namlik yuqori, shikastlangan, shuningdek namlik yuqori bo‘lgan sharoitlarda 
saqlangan urug‘larda mog‘or kuchli rivojlanadi. Mog‘orlashning etkazadigan zarari shundaki
zamburug‘ mitseliylari urug‘ni o‘rab oladi, uning nafas olishini va unda kechadigan turli 
fiziologik jarayonlarning buzilishiga sababchi bo‘ladi va urug‘ning nobud bo‘lishiga olib keladi. 
Ba’zan mog‘orlagan urug‘lar unib chiqsada, nixollar nimjon bo‘lib shakllanadi va turli kasallik 
qo‘zg‘atuvchilari bilan kuchli zarar-lanadi. 
Mumlanish. 
U ko‘pincha eman yong‘og‘i va qayin urug‘larida kuzatiladi. Eman 
cho‘chqayong‘og‘ida mumlanishni 
Stromatinia pseudo-tuberosa Rehm. 
qo‘zg‘atadi. Urug‘palla 
chetlarida sariq yoki to‘q sariq dog‘lar hosil bo‘ladi. Dastlab ular mayda (0,5-1mm) bo‘ladi, 
so‘ngra kattalashib, urug‘palla qo‘ng‘ir tusga kiradi va keyinchalik ustki qismi kulrang 
mitseliylar bilan qoplanadi, ular po‘stloq yoriqlaridan tashqariga chiqadi va konidiyalar hosil 
qiladi. Hosil bo‘lgan konidiyalar orqali kasallik o‘simliklarga tarqa-ladi. Oxirgi bosqichda 
urug‘palla qorayib, mutlaqo mitseliylar bilan qoplanadi va nihoyat mumlanib qoladi. 
Kelgusi yil bahorda, ba’zan kuzda ham mumlangan eman cho‘chqa yong‘oqlarida 
zamburug‘ning meva tanachalari – apotetsiylar (4 dan 6-15 donagacha) hosil bo‘ladi. Ularning 
gimenial qatlamida xaltachalar shakllanadi. Ular silindr shaklda bo‘lib (100-150x6-9 mkm), 
ichida 8 ta xaltasporalar joylashadi. Xaltasporalari tuxumsimon yoki ovalsimon, o‘lchami 8-
10x5-6 mkm. Xalta oralarida 3 mkm qalinlikdagi parafizalar joylashadi. Xaltasporalar to‘kilgan 
cho‘chqa yong‘oqlarni zararlaydi. Zamburug‘ juda ko‘p spora hosil qiladi.
Omborxonalarda harorat 0+4
0
S bo‘lishi lozim. CHunki 6-7
0
S xaroratda mitseliylar o‘sib, 
boshqa urug‘larni ham zararlaydi.
Qayin urug‘larida mumlanishni 
Sclerotinia betulae Woron. 
zam-burug‘i qo‘zg‘atadi. 
Kasallanish erta bahorda o‘simliklar gullashi davrida sodir bo‘ladi. Sporalar shamol orqali 
tarqaladi. Dastlab mitseliy o‘simlik tugunchasiga, keyin urug‘ ichiga o‘tib to‘qi-malarni to‘latadi 
va qanotiga o‘tib taqasimon qora hoshiyali sklerotsiy hosil qiladi. Kasallangan urug‘lar unib 
chiqish xususiyatini yo‘qotadi. Kelgusi yil bahorda sklerotsiylar voronka-simon, likobchasimon, 
qadahsimon sariq yoki jigarrang meva tana – apotetsiylar hosil qiladi. 
Apotetsiylar bittadan yoki guruh bo‘lib joylashadi. Apote-siylar uzun oyoqchali (3-15x4 
mm) bo‘ladi. Apotetsiylar sirtida 130x5-6 mkm o‘lchamli xaltalar va uning ichida 10-12x4,5 
mkm o‘lchamli xaltasporalar hosil bo‘ladi. Xaltasporalar bir hujayrali, ellips shaklida, rangsiz, 
bir qator bo‘lib joylashadi. Xalta oralarida parafizalar bo‘ladi. Aynan shunday zararlanish 


qayrag‘och urug‘larida ham kuzatiladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – 
Sclerotinia alni Maul. 
Ba’zan 
qizilchetan mevalari 
Sclerotinia aucupariae Ludu. 
zamburug‘i bilan zararlanadi. Kuzda 
zararlangan mevalar qora tusga kirib burishib qoladi. 

Yüklə 81,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin