Mavzu: meva va urug‘larning kasalliklari. Ish rejasi



Yüklə 81,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü81,69 Kb.
#178161
1   2   3   4   5   6   7
2- MEVA VA URUG‘LARNING KASALLIKLARI

Nazorat savollari: 
1.
 
Urug‘larda asosan qanday kasalliklar mavjud? 
2.
 
Meva kasalliklarini qanday aniqlash mumkin? 
 
 
MAVZU: NIHOL VA KO‘CHATLARNING KASALLIKLARI

 
Ish rejasi

6.
Parsha – 
Fusicladium radiosum 
7.
Zang – 
Melamspora populi

8.
Qo‘ng‘ir dog‘lanish – 
Gloeosporium populi

9.
Oq yoki kulrang dog‘lanish – 
Septorici populi

10.
Un-shudring – 
Phylloctinia suffulta

11.
Sitosporoz – 
Cytospora nivea

Zaruriy jixozlar
: rangli qalam, mikroskop, lupa, skalpel, buyum va qoplog‘ich oynalar, igna, 
pipetka, suv, rangli plakatlar, gerbariy materiallari. 
Topshiriq:
1.Zararlangan o‘simlik a’zolarini tashqi ko‘rinishiga qarab kasallikni aniqlash va 
rasmini chizish. 


2. Preparat tayyorlab mikroskopda ko‘rish. 
1.Parsha kasalligi
- Qo‘zg‘atuvchisi
Fusicladium radiosum 
zamburug‘i. Parsha bilan 
terakning bargi va yosh novdalari kasallanadi. Barglarda to‘q dog‘lar paydo bo‘lib, tez orada 
dog‘larning usti to‘q jigarrang baxmalsimon g‘ubor bilan qoplanadi. Bu g‘ubor zamburug‘ning 
konidiyalaridan iborat. Kasallangan barg bandi orqali zamburug‘ yosh novdalarga o‘tadi va 
ularda qorayish hamda qurib qolish kuzatiladi. 
Zamburug‘ kasallanib to‘kilgan barglarda peritetsiy deb ataluvchi mevatana holida 
qishlab chiqadi. 
Preparat:
Fusicladium radiosum
zamburug‘i konidiyalarini mikroskopda ko‘rish.
2.Zang kasalligi qo‘zg‘atuvchisi

Melamsrora populi
zamburug‘i. Terakda zang 
kasalligini bir nechta bazidiyali zamburug‘lari qo‘zg‘atadi. Lekin ular keltirib chiqargan kasallik 
belgilari bir-biridan farq qilmaydi. Ko‘proq terakda 
Melamsrora populi
zamburug‘i qo‘zg‘atgan 
zang kasalligi uchraydi. Zamburug‘ning uredo va teleyto bosqichlari oq terakda o‘tadi. Esidio- 
sporalar terak barglari tushgach, ulardan unib chiqqan zamburug‘lar tanasi barg ichida 
rivojlanadi, yozga kelib barglarning orqa tomonida sarg‘ish yoki zarg‘aldoq - sarg‘ish rangdagi 
uredosporalar uyumi hosil bo‘ladi. Ular yoz mobaynida bir necha marotaba shakllanadi. 
YOzning oxiri – kuz boshida barglarning ustida mayda to‘q qo‘ng‘ir bo‘rtmalar holida 
zamburug‘ning teliosporalar uyumi paydo bo‘ladi. Bu teleosporalar kasallangan barglarda 
bahorgacha qishlab chiqadi. Zamburug‘ ikki uyli bo‘lib, yovvoyi sarimsoq va tilog‘och oraliq 
xo‘jayin hisoblanadi.

Yüklə 81,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin