Mavzu: meva va urug‘larning kasalliklari. Ish rejasi


Yelim raki yoki seryanka raki



Yüklə 81,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix14.12.2023
ölçüsü81,69 Kb.
#178161
1   2   3   4   5   6   7
2- MEVA VA URUG‘LARNING KASALLIKLARI

Yelim raki yoki seryanka raki
. Kasallikni 
Cronartium flaccidum (Alb. ex Schw) Wint. 
zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Ko‘proq qarag‘ayda uchraydi, ammo u qora va tog‘ qarag‘aylarini xam 
zararlashi mumkin.
Kasallanish odatda shox va novdalarda o‘simlikning xar qanday yoshida kuzatiladi. 
Mitseliysi shox va novdalarning lub to‘qimasi atrofida rivojlanib, uni qalinlashtiradi, natijada rak 
xosil bo‘ladi. Elim yo‘llarining emirilishi natijasida kuchli elim oqa boshlaydi. SHuning uchun u 
elim raki xam deyiladi. Mitseliy daraxt tanasini xalqalab olgandan so‘ng uning yuqori qismi 
qurib qoladi.
Zamburug‘ning biologiyasi quyidagicha: bazidiosporalar orqali kasallangandan so‘ng 2-3 
yil o‘tgach, novdalarda sariq tomchi shaklidagi yaxshi ko‘rinmaydigan spermagoniylar xosil 
bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan kasallangan joylarda o‘simlik po‘stini yorib esiosporali sariq 
peridermiy xosil bo‘ladi. Ular pishib etilgandan so‘ng, qobiqlari yoriladi va undan peridermada 
zanjirsimon joylashgan esiosporalar chiqadi. Sporalarning o‘lchami 22-26x16-20 mkm. 
Esiosporalar oraliq xo‘jayin o‘simlikning bargida 
(Vincetoxinum afficinalis)
, shuningdek peon 
oilasiga mansub turlar 
(Paeonia
) – chamandagul 
(Verbena) 
va
 
yovvoyi xinada
(Impa-tiens)
rivojlanadi va och qo‘ng‘ir urediniosporalar to‘plami xosil qiladi. Urediniosporalari oval 
shaklda, yupqa po‘stli, o‘lchami 21-24x17-21 mm. Kuzda kasallangan o‘simliklarda uzun (bir 
necha millimetr), bir xujayrali teliosporalarning ustuni paydo bo‘ladi. Teliosporalari 
cho‘zinchoq-ellipssimon, sarg‘ish-qo‘ng‘ir, o‘lchami 25-60x9-16 mm, bir necha millimetrli 
jigarrang vertikal ustunchali. Teliosporalar o‘sib bazidiya va bazidiosporalar xosil qiladi. Ushbu 
bazidiosporalar ignabarglarni kasallantiradi. Zamburug‘ ignabargdan o‘simlikning lub va 
yog‘och qismiga o‘tadi. 
Seryanka rakini 
Peridermium pini (Willd.) Lev. et Kleb.
zamburug‘i xam qo‘zg‘atadi. U 
oraliq xo‘jayin o‘simlik talab qilmaydi. Bu zamburug‘ qarag‘ayni bevosita esiosporalari bilan 
kasallantiradi. Rak o‘simlikning yuzasini quritishi bilan bir qatorda uning tanasida 
deformatsiyani keltirib chiqaradi. Bunday kasallikka chalingan daraxtlar faqat yoqish uchungina 
yaroqli bo‘lib qoladi. Kasallik 30-50 yilgacha davom etadi. Kasallik o‘simlik-larni 
kuchsizlantiradi, natijada ularda zararkunanda, xasharot-lar rivojlanadi va daraxtlarning qurishini 
tezlashtiradi. 

Yüklə 81,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin