Mevalar deformatsiyasi. Kasallik terak, kulrang qayrag‘och va cheremuxa mevalarida
kuzatiladi. Terakda kasallikni
Taphrina oilasiga mansub zamburug‘lar qo‘zg‘atadi. Binobarin,
T. johansonii Sad., T. aurea Fr. tog‘terak, turang‘il, mirzaterak va boshqa tur-larni kasallantiradi.
Zamburug‘ kurtaklar ichida qishni o‘tkazadi. Bahorda daraxtlar gullaganda mitseliy o‘sadi va
urg‘ochining kuchalasiga o‘tib, mevalarini o‘zgartiradi, ya’ni deformatsiyalaydi, ularda urug‘lar
hosil bo‘lmaydi. Mevalarning ustki qismi to‘q sariq rangli xaltasporali xaltalar bilan qoplanadi.
Spo-ralar xalta ichida 8 donadan joylashadi. Xaltalar may-iyun oyla-rida etiladi va o‘simliklarning
novdalarini kasallantiradi.
Kulrang qayrag‘ochda meva deformatsiyasini
Taphrina alniincanae (Kuhn.) Magn. zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Daraxt gullagandan so‘ng mitse-liy meva to‘qimasi ichiga kirib, uni
o‘zgartirib yuboradi. Ularning ustida uzunligi 2 sm bo‘lgan har xil chiziq paydo bo‘ladi va diametri
5 mkm xaltasporalari bilan xaltalar hosil bo‘ladi. Xaltasporalari xalta ichida kurtak hosil qilish
yo‘li bilan ko‘pa-yadi. Mitseliylari daraxt kurtaklarida qishni o‘tkazadi. Xaltalar may oyidan
sentyabr oyigacha etiladi. Kasallangan mevalar qora-qayrag‘och va boshqa turlarni ham
kasallantirishi mumkin.
CHeremuxa mevasida meva deformatsiyasini
Taphrina pruni Fuck. var. padi Jacz. qo‘zg‘atadi. Mitseliy daraxt shoxlarini kasallan-tiradi, tugunchaga o‘tganda uning o‘sishini
kuchaytirib, deformatsiyani yuzaga keltiradi. Bunday mevalar urug‘ hosil qilmaydi. Kasallangan
mevalar ustida xaltasporali xaltalar hosil bo‘ladi va ular mumsimon g‘ubor hosil qiladi.
Xaltalar
cho‘zinchoqsilindrsimon
(30-35x11
mkm),
yuqorisi
dumaloqlashgan.
Xaltasporalari (4 mkm) dumaloq, kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. YOzning ikkinchi yarmida
etiladi. Mitseliylari novdalarning ichida joylashganligi sababli kasallik har yili paydo bo‘ladi.
Dog‘lanish. Meva va urug‘larda xar xil o‘lcham va rangda dog‘lar kuzatiladi. Ular xar xil
xaltali va takomillashmagan zamburug‘-lar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Dog‘lanish
urug‘larning unuvchanligini pasaytirishi, ayrimlari esa unib chiqadigan nixollarni kasallantirish
mumkin.
CHirish. Urug‘ va mevalarni yuqori namlik sharoitida saqlash-da kuzatiladi. Meva va
urug‘larning chirishi ko‘pincha
Monilia Pers. va
Botrytis cinerea Fr. zamburug‘lari tomonidan
qo‘zg‘atiladi. Ular urug‘ va mevalarning buzilishiga sababchi bo‘ladi.