Preparat: Melamsrora populi zamburug‘ini uredo- va teleytosporalarini mikroskopda
ko‘rish.
3.Qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalligini Glocosporium populi zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Barglar
kasallanadi. Ularda jigrrang xoshiyali sarg‘ish – kulrang dog‘lar shakllanadi. Dog‘lar barg
plastinkasi yuzasida sochilgan bo‘lib, bir-biri bilan qo‘shilib ketadi. Dog‘larning yuzasida
ko‘plab, to‘q jigarrang lojelar sochilib joylashgan bo‘ladi. Zamburug‘ kasallangan barglarda loje
ko‘rnishida qishlab chiqadi.
Preparat: Glocosporium populi zamburug‘ini mikroskopda ko‘rish.
4.Oq yoki kulrang dog‘lanish kasalligini qo‘zg‘atuvchisi – Septoria populi z amburug‘i
. Barglarda to‘q jigar rang xoshiyali mayda, dumaloq yoki burchakli, och kulrang dog‘lar hosil
bo‘ladi. Dog‘lar yuzasida mayda qora nuqtachalar ko‘rinishidagi zamburug‘ning mevatanalari
piknidalar joylashgan bo‘ladi. Piknidalar qishlab chiqish vazifasini bajaradi.
Preparat: Septoria populi zamburug‘i piknidalarini mikroskopda ko‘rish.
5.Un shudring – kasalligini 2 turga mansub zamburug‘lar qo‘zg‘atadi ; Phylloctinia suffulta ; Uncinula salicis . O‘simlikning barglarida zamburug‘ning tanasidan va konidiyalaridan
iborat bo‘lgan oq g‘ubor paydo bo‘ladi. Konidiyalar ko‘plab miqdorda hosil bo‘lib, o‘simlikning
rivojlanish davrida bir o‘simlikdan ikkinchisiga shamol yordamida uchib o‘tadi va yoz
mobaynida infeksiya manbasi hisoblanadi.
Kuzga kelib kasallangan to‘qimalar yuzasida mayda qora nuqtachalar ko‘rinishidagi
zamburug‘ning mevatanalari – kleystotetsiyalar shakllanadi. Kleystotetsiyalar dastlab sarg‘ish,
keyinroq jigarrang va nixoyat qoramtir tusga kiradi. Kasallangan barglarda bahorgacha qishlab
chiqadi.