Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415
104
tushunchani takrorlash,
esga olish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi
tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O‘qitish jarayonida har bir o‘quv
materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu o‘quv materiali o‘zidan
keyin
o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo‘ladi. Boshqa tushunchaning
o‘zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir necha darslarning o‘zaro bog‘liqli o‘qitilishi
natijasida hosil bo‘ladi. Shunday qilib matematik tushunchalarini
hosil qilish birgina
darsning o‘zida emas, balki o‘zaro aloqada bo‘lgan bir qancha darslarni o‘tish jarayonida
hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.
Shuning uchun o‘qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy
ketma-ketlikda joylashtirishi lozim.
Darslar tizimining tuzilishidagi eng katta talab darsning o‘quv-tarbiyaviy
maqsadini e’tiborga olish, o‘qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik
tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo‘yicha yaxshi o‘ylangan darslar tizimining o‘quv
vaqtini mavzuchalarga to‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq.
Unda o‘quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni ko‘rib chiqish,
xususiy
xulosalar chiqarish, undan umumuy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat
markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida egallanib, mustahkamlangandan
keyin misol va masalalar yechishni ta’minlashi kerak. Undan keyin mashqlar yordamida
malakalarni
qayta oshirishi, shuningdek, hosil qilingan bilimlarni doimo bir tizimga
keltirish va umumlashtirishni ham ta’minlash kerak. Dasturning qandaydir mavzusining
mazmunini aniqlashda, mavzu materialini dars vaqtlariga taqsimlashda, ya’ni bilimlarni
o‘zlashtirishda quyidagi asosiy bosqichlar muhim hisoblanadi.
1. Yangi materialni o‘qitishga tayyorlash.
2. Yangi o‘quv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish.
3. Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali malakalarni hosil qilish.
4.
Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish.
5. Bilim va malakalarni tekshirish.
Dostları ilə paylaş: