CorelDraw muharririni ishga tushirilganda Windows sistemasining barcha oynalariga o
CorelDraw muharririni ishga tushirilganda Windows sistemasining barcha oynalariga o’xshash CorelDraw muharririning oynasi ochiladi. Oynaning ko’rinishi quyidagicha :
Saravha satri.
Menyular satri .
Standart uskunalar paneli .
Xossalar paneli
Vertikal va gorizantal lineyka.
Vertikal uskunalar paneli.
Sahifalar boshqaruvchisi .
Holat satri .
Hujjat sahifasi.
Belgilangan obyekt.
Ishchi sahifa.
Ish sohasi.
Prokrutka.
Ranglar palitrasi
Corel Draw dasturi bilan ishlash jarayonida obyektlar ustida murakkab amallarni bajarish imkoni mavjud. Obyektlar ustida ish bajarish jarayonida menyudan, klaviaturadan, sichqonchadan, uskunalar paneli buyruqlaridan foydalanish mumkin . Foydalanuvchiga qaysi usuldan foydalanish qulay bo’lsa , uni o’zi tanlaydi. Bu dasturda nafaqat shakllar yaratish, balki ularga rang berish, belgilangan konturning xohlagan tugunini o’rnini o’zgartirish imkoniga ega vertical uskunalar paneli mavjud. Bu foydalanuvchiga qator qulayliklar yaratib beradi. CorelDraw dasturida sahifa ko’rinishini o’zgartirish xossalari paneli orqali amalgam oshiriladi. Odatda ochilgan yangi sahifani boshqa ko’rinishlarga o’zgartirish uchun sahifa ko’rinishini sozlashga mo’ljallangan xossalar panelidan foydalanamiz . Uning tuzilishi va vazifasi quyidagicha :
Sahifa parametrini o’zgartirish.
Sahifa o’lchamlari.
Sahifa holatini o’zgartirish.
Tanlangan holatni bitta sahifa uchun ishlatish.
Tanlangan holatni barcha sahifalar uchun ishlatish.
O’lchov birliklari.
Kursor bilan ishlash.
Xujjat nusxasigacha masofa va qo’shimcha imkoniyatlar.