Coriolis effect Gidravlik yo’qotish haqida tushuncha Gidravlik yo’qotishning turlari


Tezlik va sarf o’lchash usullari hamda asboblari



Yüklə 77,04 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü77,04 Kb.
#196426
1   2   3   4
gidravlika 3

Tezlik va sarf o’lchash usullari hamda asboblari

Suyuqlik sarfini va tezligini o’lchashning eng oson usuli ‘ajmiy va og’irlik usullardir.

1. Hajmiy usulda tekshirilayotgan oqimdan suyuqlik maxsus darajalangan idish (menzurka) ga tushadi. Idishning to’lish vaqti sekundomer yordamida aniq o’lchanadi. Agar idishning ‘ajmiy V, o’lchangan vaqt T bo’lsa, ‘ajmiy sarf quyidagiga teng bo’ladi:

Q=

Oqimning harakat kesimi ma’lum bo’lsa, uning tezligi (3.4) formula bilan aniqlanadi.



2. Og’irlik usulida biror idishga oqimdan suyuqlik tushiriladi. Tarozida o’lchash yo’li bilan idishdagi suyuqlikning og’irligi topiladi. Idishning to’lish vaqti T bo’lsa, og’irlik sarfi quyidagiga teng:

G=


Suyuqlikning ‘ajmiy sarfi og’irlik bo’yicha sarfini solishtirma og’irlikka bo’lish yo’li bilan aniqlanadi:

Q=

Bu usullar, albatta, kichik miqdordagi sarflarni o’lchash uchun qo’llaniladi. Katta sarflarni o’lchash uchun esa juda katta o’lchov idishlari kerak bo’ladi. Ikkinchidan, truboprovod va kanallarda sarfni yuqoridagi usul bilan o’lchaganda oqimning tuzilishi o’zgaradi va o’lchash natijasida katta xatolar bilan chiqadi. SHuning uchun ko’pincha trubalar va kanallardagi sarf boshqa usullar bilan o’lchanadi.






  1. Venturi suv o’lchagichi maxsus trubadan suv o’tishiga asoslangan bo’lib, tuzilishi sodda va harakatlanuvchi qismlari yo’qdir. Bu asbob talabga javob vertikal yoki gorizontal holdagisini ko’ramiz.

1.16-rasm. Venturi suv o’lchagichi


Venturi suv o’lchagichi ikkita bir xil d1 diametri 1 va 2 truba bo’laklaridan tashkil topgan bo’lib, ular 3 va 4 diffuzorlar hamda kichik d2 diametrli truba bo’lagi (patrubok) orqali tutashtirilgandir. Uning 1-1 va 2-2 kesimlariga pepzometrik naychalar o’rnatilgan bo’lib, ular shu kesimlardagi bosimlar farqi h ni ko’rsatadi. U holda suyuqlik sarfi quyidagicha aniqlanadi: Q=v2S2=S2 (3.59)

Bu formula ideal suyuqlik uchun chiqarilgan. ‘aqiqatda ikki kesim o’rtasida bosim pasayishi va tezliklarning kesim bo’yicha bir tekis tarqalmaganligi uchun yuqoridagi formula bo’yicha olingan natija ‘aqiqiy sarfdan farq qiladi. SHuning uchun sarf formulasiga tuzatma koeffisienti m ni kiritamiz:

Q=mS2

m koeffisientining qiymati turli suv o’lchagichlar uchun hil xil bo’lib, ular tegishli suv o’lchagich uchun tajribada aniqlab quyiladi. Hisoblash ishlarida sarf, odatda, quyidagi soddalashtirilgan formula bilan hisoblanadi:

Q=c (3.60)

bu erda


c=mS2

koeffisient suv o’lchagich doimiysi deb ataladi va hil bir berilgan suv o’lchagich uchun hisoblab qo’yiladi.

4. Suv o’lchagich shayba (diafragma) ikki truba bo’lagi o’rtasiga o’rnatilgan ‘alqadan iborat bo’lib (1.41-rasm) uning ichki aylana teshigining chekkalari 450 burchak ostida qiyalangan yoki oqib o’tuvchi oqimcha shaklida silliqlangan (soplo ko’rinishda) bo’ladi. ‘alqaning ikki tomoniga pepzometr yoki differensial manometr o’rnatilgan bo’lib, ular diafragmaning ikki tomonidagi bosimlar farqini aniqlashga yordam beradi.

Sarf pepzometrlardagi suyuqlik sat’larining farqi orqali, quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Q=c1 (3.61)

s1 koeffisient hil bir diafragma uchun tajriba asosida aniqlanadi.

5. Vertushka val 2 ga o’rnatilgan aylanma kurakchalar 1 ga ega bo’lgan g’ildirak bo’lib, asosiy korpusga ma’kamlanadi. Vertushka suv oqimiga to’g’ri yo’naltirilishi uchun korpus 4 ga qanotcha o’rnatilgan. Vertushkadan o’tkazgichlar 3 elektr ko’ng’iroq otilgan bo’lib, kurakchalar aylanganda elektr zanjirini tutashtiradi va qo’ng’iroq jiringlaydi yoki maxsus schyotchik aylanish sonini avtomatik hisoblaydi. Suvga tushirilgan vertushkalarning kurakchalari suvning tezligiga qarab sekinroq yoki tezroq aylanadi. SHuning uchun suyuqlikning tezligi schyotchikning ko’rsatkichi yoki vaqt birligida ko’ng’iroqning jiringlash soniga qarab aniqlanadi. Kanallarda suyuqlik sarfini topish uchun ularning ko’ngdalang kesimini S1, S2, S3... elementar yuzalarga bo’lib chiqamiz. Bu yuzalarning geometrik markazlarida tezliklarni vertushka yordamida o’lchab, ularni yuzalarga ko’paytirsak, hil bir kesim bo’yicha sarf kelib chiqadi:



q1=S1v1; q2=S2v2;...,qn= Snvn

Kanalda oqayotgan suyuqlik sarfi bu sarflarning yig’indisiga tengdir;

Q=q1=S1v1+ S2v2+Snvn (3.62)

Bu usul gidrometrik o’lchashlarda eng ko’p qo’llaniladigan usuldir.

6. Pito naychasi uchi to’g’ri burchak hosil qilib egilgan naycha bo’lib, uning egilgan uchi suyuqlik oqimi yo’nalishiga qarama-qarshi qilib qo’yiladi. Naychaning ikkinchi uchi suyuqlikdan tashqariga chiqib turadi. Bu holda ozod sirtda va naychadagi suyuqlik sat’ida bosim atmosfera bosimga teng.

7. Prandtlp naychasi Pito naychasining qulaylashtirilgani bo’lib, u trubalardagi tezliklarni o’lchash uchun ko’llaniladi va ikkita naychadan iborat bo’ladi. Ulardan biri Pito naychasi va ikkinchisi pepzometrik bosimni bersa, Pito naychasidagi suyuqlik balandligi to’liq bosim ni beradi. ‘ozirgi mavjud asboblarda bu ikkita naycha ichiga joylashtirilgan (1.45-rasm) bo’lib, ularning uchlari mikromanometr yoki differensial manometrlarga tutashtirilgan. bu erda - difmanometr naychalaridagi sat’lar farqi; 1 va  - difmanometrdagi va tekshirilayotgan (oqayotgan) suyuqliklar solishtirma og’irliklari; a - tajribadan topiladigan qiymati 1 dan 1,04 gacha o’zgaruvchi koeffisient. Prandtlp naychasi yordamida suyuqlik oqimi kesimining hil xil nuqtalarida tezlikni o’lchab, bu kesim bo’yicha tezlikning o’zgarishini va sarfini topish mumkin.




Yüklə 77,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin