Tahlil –
dasturlanayotgan obyekt yoki jarayon o‗rganilib,
tahlil qilinadi.
Loyihalash –
ye chilishi lozim bo‗lgan masalalar aniqlash-
tirilib, ularni hal qilish algoritmlar kompleksi ishlab chiqiladi.
Dasturni tayyorlash –
biror-bir dasturlash tilida dasturni
manba kodi yozilib, uni kompilyator yordamida mashina tiliga
o‗giriladi.
Dasturni test o„tkazish va sozlash (otladka) –
dastur
xatolari topilib, to‗g‗rilanadi va yana kompilyator yordamida
yangitdan mashina tiliga o‗giriladi.
Hozirgi kunga kelib zamonaviy dasturlashning yangidan-
yangi texnologiyalari paydo bo‗lib boryapdi. Shular jumlasidan,
Content Management System (CMS) veb texnologiyasi yoki
Microsoft .NET Framework texnologiyalarini misol keltirish
mumkin.
Content Management System (CMS) – foydalanuvchiga
veb saytlarni matn, grafika va multimediya elementlari bilan
to‗ldirib, boshqaruv imkoniyatlarini beruvchi texnologiya.
Zamonaviy
CMS tizimlar asosan
RNR, Java, Python, ASP.NET platformalarda yozilgan bo‗lib,
MySQL, Oracle, PostgreSQL, MS SQL, SQLite ma‘lumotlar bazasi serveri
asosida ishlaydi. Bundan tashqari,
CMS tizim ishlashi uchun
Apache veb serveri kabi dasturiy ta‘minotni ham talab qiladi.
30
Quyida veb saytlarni boshqaruvchi
CMS tizimlarga misol
keltirilgan
1
:
Nomi Platfor-ma Ma‟lumot- lar bazasi