32
1 kilobayt = 1024 bayt;
1 megabayt = 1024 kilobayt;
1 gigabayt (GB) = 1024 megabayt va h.k.
Kompyuterning tashqi axborot tashuvchilari (vinchester,
disketa, CD, DVD) da ixtiyoriy uzunlikdagi baytlardan iborat
bo‗lgan
va nomlangan axborot yozuvi
fayl
deb yuritiladi.
Qisqa qilib aytganda, kompyuterning tashqi xotirasidagi
barcha axborotlar: hujjatlarning matnlari, rasmlar (grafik
axborot), tovushli axborot, dastur kodlari va h.k. fayl ko‗rini-
shida saqlanadi. Har bir fayl o‗zining nomiga ega bo‗lib,
u ikki
qismdan iborat bo‗ladi: asosiy qism va kengaytma. Asosiy
qismini yozishda 256 tagacha belgidan foydalanish mumkin
bo‗lib, kengaytmasi asosiy qismdan nuqta yordamida ajratiladi
hamda faylning tipini yoki u yaratilgan muhitni (ilovani) aniqlab
beradi va ko‗pi bilan uchtagacha belgi yordamida yoziladi.
Masalan, HAT23.txt va alfa54.doc fayllari matn ko‗rinishidagi
fayllar bo‗lsa LOLA.JPG fayli rasmli (grafik) faylni bildiradi,
OVOZ.AVI nom bilan tovushli
axborot faylini nomlash
mumkin. Word matn muharririning fayllari .DOC, Excel
elektron jadvalida yaratilgan fayllar .XLS, Paint grafik dasturi-
ning fayllari .BMP, Power Point prezentatsiya dasturida yaratil-
gan fayllar .PPT, kompyuter ishini boshqaruvchi tizimli fayllar
.COM, .EXE, .BAT, .SYS kengaytmaga ega bo‗ladi va h.k.
Faylning nomining asosiy qismi va kengaytmasini yozishda lotin
va kirill alifbosining
katta va kichik harflari, raqamlar hamda
quyidagi maxsus belgilardan foydalanish mumkin: _ $ # @ ! ( )
{ } & % ^. Masalan, Misol(12).xls, Balans4.doc, rasm5.bmp,
slaid.PPT, sommand.com, avto.exe va h.k.
O‗zining vazifasi, ishlatilishi, vaqti, turi va boshqa belgilari
bo‗yicha bir nechta fayllar bitta jild (papka)ga birlashtirilishi
mumkin. O‗z navbatida fayllar saqlanadigan jildlar ham nomlab
qo‗yiladi. Bitta jildda bir nechta turli tipdagi fayllar bo‗lishi
mumkinligi uchun fayllardan farqli o‗laroq ularning nomida
kengaytma bo‗lmaydi. Yuqorida aytilganidek,
fayl va jildlar
disklarda saqlanadi. Har bir jild o‗z navbatida fayllar bilan birga
33
o‗z ichida boshqa jildlarni ham saqlashi mumkin. Bunday
tuzilma qisqa qilib aytganda,
Dostları ilə paylaş: